Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə36/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi.
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi.
2.Jismoniy tarbiya tushunchasi.
3.Maktabgachata’lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar.
Tayanch so’zlar:tarbiya, riyozat, antropometrik, biometrik, talab, sog'lom, e’tiqod.
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: «Inson uchun birinchi baxt uning sog'lig'i, ikkinchisi-go'zallikdir» degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik barcha boyliklar manbayidir. Nasl-nasabi sog'lom va ma’naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog'lom, baquvvat, iymon-e’tiqodli va sadoqatli bo'ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining zo'r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt saodati uchun sog'lom avlod kerak.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino «Badan tarbiya-sog'likni saqlashda ulug'vor usuldir» deydiki, bu fikr «Kimki qilsa hara­kat-sog'ligida barakat» degan naqlni eslatadi.
Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Ibn Sino «Tibbiy doston» asarida riyozat-badan tarbiyasi haqida to'xtalib, uning bir necha xillari bo'lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o'rtacha shug'ullanish sog'liqqa foydali ekanligini, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig'ilishiga sabab bo'lishini alohida uqtirib o'tadi.
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksizligini D.Adisson shunday ta’riflaydi: «Mutolaa aql uchun qancha zarur bo'lsa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur». Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini to'g'rilab olaman». Shu hatdan sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iborat edi. Ana shu ezgu maqsadlarga erishish, bu sohadagi ish­larni qat’iy reja asosida amalga oshirish uchun maxsus Dav­lat dasturi qabul qilingan edi. Sog'lom avlodni voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning nechog'li ahamiyatga ega ekanligi hammamizga ayon. Yurtimizda 2000-yildan boshlab o'tkazilayotgan «Alpomish o'yinlari», «Umid nihollari», «Universiada», «Sog'lomjon, polvonjon», «Barkamol avlod» musobaqalari fikrimiz dalilidir. «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xariya jamg'armasining tashkil qilinishi o'sib kelayotgan avlod salomatligini saqlash va mustahkamlash ishlariga jahon jamoatchiligi e’tiborini jalb qildi.
Jismoniy tarbiya to'g'risidagi ta’limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga ta’rif berilganda, «Badan tarbi­ya», «jismoniy madaniyat», «jismoniy kamolot», «jismoniy ri­vojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi.

Mehnat va turmushga doir ko’nikmalarni



tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish





Jismoniy madaniyat





jismoniy mashqlarni



«Jismoniy madaniyat» tushunchasi quyidagilardan iborat:

1) mehnat va turmushdagi ko'nikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigiyenik rejimga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, ovqatlanish gigiyenasi va hokazolar)ni;
2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, quyosh va suv)ni;
3) jismoniy mashqlarni o'z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o'zgarishini ifodalaydigan biologik jarayondir. Tor ma'noda bu antropometrik va biometrik ko'rsatkichlar: bo'yi, tana og'irligi, ko'krak qafasi aylanasi, o'pka sig'imi, qaddi-qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlan­ish biologik hayot qonunlari muhit va organizmning birligi, miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga muntazam ravishda o'tishga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o'zgartirib, organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshirish, jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini o'zgartirish mum­kin.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ular hayotini saqlash, sog'lig'ini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va to'la ma’nodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, batartib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan.
Bolaga ta'lim tarbiya berishda amalga oshiriladigan har qanday ishning muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sog'lig'iga bog'liq. Shuning uchun ko'pchilik pedagogik ishlar bolaning jismoniy imkoniyati va sog'lig'ini e’tiborga olgan holda amal­ga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg'un rivojlangan inson bo'lib o'sishida muhim ahamiyatga ega.
Sog'lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori bo'ladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez bajaradi.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish va madaniy gigiyenik ko’nikmalarni o’zlashtirish bilan bog’ liq dastlabki bilimlarni shakllantirish.

Kelgusida sport bilan shug’ullanish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan hayotiy zarur harakatlar,malakalar va ko’nikmalarni shakllantirish

Shaxsiy va ijtimoiy ko’nikmalarni shakllantirish




Jismoniy tarbiyamaktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalarbilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta’limtarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari-bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa umurtqadagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish. Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda harakat vositasi sifatida foydalaniladi. Harakat ko‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab o‘zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamollarni oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar. Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Mustahkam shakllangan harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yo‘naltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalarda harakat ko‘nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o‘z ichigaoluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi. Yosh guruhlarga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi dasturda berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish zarur. Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni, o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim. Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich ko‘nikmalari (qo‘l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoqlar, jismoniy inventarlari, xona va hokazolarni toza tutish) ko‘nikmalarini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar va hokazolar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda qismlarning nomini, harakat yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga, to‘la aylanish va boshqalar), jismoniy inventarlarning nomini, ularni saqlash, kiyim, poyabzallardan to‘g‘ri foydalanish va ularga qarash qoidasini bilishlari lozim. Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda ongli va to‘laqonli shug‘ullanish, maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur.Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlari
– halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan
— botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘sishiga yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi. Bolalarda harakat faoliyati sohasida olingan bilim va ko‘nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik va topqirlik ko‘rsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbiyalash zarur

Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijobiy xususiyatlari shakllanadi

kamtarlik, ko‘ngilchanlik

uyushganlik, intizomlilik


halollik, haqqoniylik,

o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam

botirlik, qat’iylik

o‘z kuchiga ishonch

sabotlilik,chidamlilik

qiyinchiliklarni yengish


Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash, shuningdek, salbiy ruhiy holatni tezda yengib o‘tish malakasini rivojlantirish juda muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlari ishiga yaxshi ta’sir qiladi, harakat ko‘nikmalarining tez va barqaror shakllanishini ta’minlaydi.Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni his qilish va idrok etish, go‘zallikni, harakatlarning ifodaliligini, qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport inventarlari, tevarakatrofning go‘zalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim. Mehnat tarbiyasi ham jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bolalar sog‘lig‘i mustahkamlanadi, harakat ko‘ nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, maydonchani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyumlari), jismoniy tarbiya inventarini yasash va ta’mirlash (uloqtirish uchun qopchalar tikish, bo‘yash va hokazo), sport kiyimlari, poyabzalini saqlash, ularga qarash, bino va uchastkani mashg‘ulotga tayyorlash (uchastkani qordan tozalash, to‘kilgan barglarni yig‘ib olish, maydonchaga suv quyish va hokazo) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy inventarlar, atributlar, o‘yinchoqlarni yig‘ib olish va joy-joyiga qo‘yish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar. Bundan tashqari bolalar jismoniy inventarlarni saqlashga oid mehnat ko‘nikmalarini hosil qiladilar: gimnastika devori, skameykasi, doska, to‘p, tayoqlar, chambarak va boshqalardagi changni artadilar; foydalangan velosipedni changdan tozalab, o‘z o‘rniga qo‘yadilar. Bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish (kiyim- boshni, poyabzalni o‘zi kiyish va yechish), shuningdek, chiniqish va hokazo mashg‘ulotlarini o‘tkazishda tarbiyachiga yordam lashishga intilish ko‘nikmalari shakllanadi. Mashg‘ulotlar vaqtida bolalarda kattalar va tengdoshlari mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash zarur. Bolalarda maktabgacha yoshdanoq ularning mehnatga tayyorlanishlarida jismoniy tarbiyaning rolini tushunishini shakllantirish muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari kompleks ravishda hal etish tarzida qurilishi zarur.

Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar­ning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir ri­vojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat.


  • jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakl­lanishi;


  • ijtimoiy-hissiy rivojlanish;


  • nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:


  • bilish jarayonining rivojlanishi;


  • ijodiy rivojlanish.





Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin