Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruh)da huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikr yuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma'nosi nima va u nimani anglatishini bilishimiz lozim.
Huquq - jamiyat a’zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasidir.
Ekologik ta’lim va tarbiyaning tub ma'nosi - tabiat va jamiyat o'rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog'lovchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, hayotga tatbiq qilishdan iboratdir.Ekolgik ta’lim va tarbiya-bu insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik,axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko'paytirish,bog‘-u rog'lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg'otishdan iboratdir.Insonni o'rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan, undan tejamkorlikbilan foydalanadigan, saqlaydigan, tabiat boyligiga, go'zalligiga go'zallik qo'shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni yetishtirish-bu ekologik tarbiya maqsadi.
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig’indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoyillari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg’or ta’limotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
-Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g’oyaviyligi;
-Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi-tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;
-Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
-Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;
-Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;
-Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
-Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
-Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
-Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, sal- biy tomonlarni yo'qotish;
Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g’oyaviyligi-o'qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g'oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo'lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro'yobga chiqarishga yo'naltirilishi zarur.
O'qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o'qituvchi-tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo'lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o'z vazifasini bajargan bo'ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi-tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu-tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O'qituvchi o'quvchiga avvalgidek, tarbiya obyekti emas, balki o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni o'quvchini teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat hamda e’tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya'ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi xalqningko'pasrlikqadriyatlarini, ulkanvaboymerosinichuqur bilmasdan milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an'analari urf-odatlari, marosimlari, xalq og'zaki ijodi, milliy o'yinlar va ularda ifodalangan g’oyalarni o'quvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu g’oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo'lgan, insoniyat o'tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo'lgan an’analar, urf-odatlar haqida ma'lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg'usini uyg’otish, ularni qo'llab-quvvatlash, ezgu g'oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo'naltirilganlik darajasini belgilab beradi.
Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O'quvchilarga bir-daniga ko'p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O'qituvchilar o'quvchilarga bo'lgan munosabat jarayonida o'zaro bir-biriga zid harakatda bo'lmasliklari, yagona talab qo'yishlari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish. Yosh avlodning o'sib ulg'ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijtimoiy jamiyat ta’sir etadi.
Bu bir tomondan bo'lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalashdan maqsad uni turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib boriladigan bo'lishi kerak.
Tarbiyani mehnat bilan bog'lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta’siri g'oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o'z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O'quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o'quvchi shaxsiga ij obiy ta'sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda o'qishning o'zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bog'langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish-o'quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi.
O'quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko'rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko'rsatishiga, qayerdaki o'quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo'lsagina shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo'ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo'shadi o'qituvchiga nisbatan hurmatni uyg'otadi.
Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo'qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o'z o'quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko'radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yo'qotish, yomon odatlar bo'ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, o'smirlik va o'spirinlik bosqichlarini bosib o'tadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turg’unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o'rtasidagi uyg'unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o'sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo'ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o'qishi va mehnatida aks etadi. Bir o'quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o'quvchiga nisbatan qo'llaganda natijasiz bo'lib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o'quvchi xususiyatini o'rganish maqsadga muvofiqdir.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash-tarbiya jarayoni o'quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat
qilishi lozim. Tuyg'u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste'dodini rivojlantirish uchun keng yo'l ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo'ladi. O'quvchilar ahil jamoa bo'lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli bo'ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy kuchga ega bo'ladi, har bir shaxsga ta'sir etadi. O'z manfaatini jamiyat manfaati bilan qo'shib olib borish, o'zaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. O'qituvchi hamma vaqt o'quvchilar jamoasiga tayanmog'i, ularni jamoa bo'lib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o'rgatib borishi lozim.
Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo'qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o'z o'quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko'radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yo'qotish, yomon odatlar dan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to'g'ri hal etilishiga ko'p jihatdan bog'liq.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarbiyaningqandayturlari mavjud?
2.Tarbiyaturlari va ularningshaxs kamolotiga ta’siri.
3.Maktabgacha ta’limda tarbiya berish qandayusullari va vositalari mavjud?
4. Maktabgacha ta’limdatarbiya tamoyillari?
5.Shaxs kamolotida aqliy tarbiyaning o’rni?
6.Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida axloqiy tarbiyaning o’rni?
7. Axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari?