Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors–tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
Beruniybilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir.Beruniy fikrichaaxloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o’rtasida kurash natijasida nomoyon bo’ladi va tarkib topadi,yaxshilik va yomonlik insonning xulq atvorini belgilaydigan mezondir
Qadimgi Yunon faylasuyi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonnibilishlarini bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik jamiyat qonunlariga rioya qilish mo’tadillik o’z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq me’zonlarini, inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarni egallab olishi kerak.
Platon Yunonistonning, mashhur mumtoz faylasufi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlaridan bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. His–tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosiy hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi.
Qadimiy Yunon mutafakkiri Aristotel o’zining axloqqa oid «Nikohma etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muxim ekanligini aytadi.Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati xisobga olingan holdakerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi.
Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda pedagogika etikaning axloq to'g'risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafasolish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng rnuhim pedagogik muammolarni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O'sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pedagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.
OILA PEDAGOGIKASI
OLIY TA’LIM PEDAGOGIKASI
HUNAR TA’LIMI PEDAGOGIKASI
UMUMIY PEDAGOGIKA
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA
KATTALAR PEDAGOGIKASI
MAXSUS PEDAGOGIKA
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir. Shunga ko'ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog'liqligi an’anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, avvalo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta'lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan.Pedagogik fanlar majmuyi.
Pedagogikfanlarmajmuyi. Ta’limjarayonivadidaktikahaqidatushunchaTa'limjarayoniningilmiy, nazariyuslubiyvaamaliyasoslarini, ya'nita'lim, bilimberish, o'qitishnazariyasibilanpedagogikaningmustaqilbo'limididaktikashug'ullanadi.
"Didaktika” grekcha so'z bo'lib, "o'qitish”, "o'rgatuvchi" degan ma’nolarni anglatadi. "Didaktika” so'zining lug'aviy tarjimasi "Ta’lim nazariyasi” demakdir. Ta'lim nazariyasi ta’lim jarayoni tushunchasi va mohiyatini, ta’lim tamoyillarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari mazmunini aks ettiradi. Ta'lim nazariyasining asosiy mohiyati ta’limni tashkil etishdan iboratdir. Ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Ta’lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta’sir ko'rsatadi, bu esa ularni bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta’lim jarayonida o'quvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlar amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkamlanadi. Inson tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga to'qnash kelish yo'li bilan bilib oladi, ularni o'zlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligina ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o'zlashtirib oladi.
Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada bo'lish natijasida buyumlar sezgi organlariga ta’sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning faol fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqelikni chuqur tushunadi.
Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida so'z yuritganda bilish jarayonining mohiyatini ham ta’kidlab o'tish joiz.
Bilish murakkab dialektik jarayon bo'lib, jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, so'ngra amaliyotga o'tish yo'lidir.
Bilish shaxs uchun mavhum ham o'zlashtirilmagan narsa, voqea va hodisalar mohiyatining ong yordamida anglash jarayonidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi. Sezish ongning tashqi olam bilan bo'ladigan chinakam aloqasidir. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sezgi organlari (bizga ma’lumki, ular beshta)ga ta’sir etuvchi ayrim sifat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator I.P.Pavlov ta’kidlab o'tganidek, narsalarning ayrim eng muhim sifatlarini his etadi. Sezish muayyan narsa, voqea-hodisalar mazmunini ongda idrok etilishiga olib keladi.
Idrok - sezish a'zolari orqali ongga ta’sir etib turilgan narsa va hodisalarning unda (ongda) yaxlitligicha aks etish jarayonidir.
Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur ro'y beradi. Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qoladigan sezishlar va idrokning izidir. Yoki boshqacha aytganda, tasavvur sezgi a’zolariga qachonlardir ta’sir etgan hamda idrok qilingan narsa va voqea hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zaxirasi boyib, ko'payib boradi. Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida muhim rol o'ynaydi. Tasavvur muayyan umumlashmalarning mavjudligi bilan bog'liq. Sezish, idrok va tasavvur bilishning muhim tarkibiy qismlari bo‘lsada, ular ham haqiqiy voqealikni bilish muammosini to'la hal etishmaydi. Bilish jarayonining eng yuqori bosqichida tafakkur yuzaga keladi.
Inson faqat tafakkur yuritish jarayonidagina muayyan jarayon yoki voqea, hodisa mohiyatini, munosabatlarning sababiy baholanishlarini aniqlaydi va shu orqali moddiy borliqni chuqur, to'la va to'g'ri aks etishiga erishadi. Tafakkur I.P.Pavlov ta’limotiga ko'ra, assotsiatsiyalarining hosil bo'lishidan iborat.
Jonli mushohada uchun birinchi signal tizimi, abstrakt tafakkur uchun ikkinchi signal tizimi asosiy ahamiyatga ega.
Abstrakt tafakkur voqealik bilan o'zaro aloqada bo'lgan taqdirdagina inson bilimlari chuqurlashib boradi. Jonli mushohada va abstrakt tafakkur birligigina bilimlarni haqiqiy va chuqur bilimlarga aylantiradi.
Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoliyatiga asoslanishi kerak. Odam tabiat va ijtimoiy jamiyat qonuniyatlarini ochib, o'z faoliyatida ulardan foydalanishga intiladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga qanchalikxizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariy amaliy faoliyat mohiyatidan kelib chiqib asoslanadi hamda amaliy faoliyatning yaxshiroq yo'lga qo'yilishiga xizmat qiladi. Biroq, amaliyot ayni vaqtda bilimning to'g'riligini tekshirish vositasi hamdir. Nazariy g'oya, fikr amaliyotda tekshirilgan va u orqali tasdiqlangandagina u inson bilimlarining muhim tarkibiy qismiga aylanadi.
Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va tafakkur asosida hosil bo'lishi va yana amaliyotga qaytib borishida namoyon bo'ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bilim amaliyotga o'zining ilgarigi ko'rinishida emas, balki ancha boyigan ko'rinishda, ancha yuqori darajada qaytib boradi. Biz bu holni sxema tarzida quyidagi holatda ko'rishimiz mumkin.Bilish jarayonida bilim hosil bo'ladi. Bilim odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plagan umumlashgan tajribasidir. Bilim obyektiv borliqni to'g'ri aks ettiradi. Eng to'g'ri va mukammal bilimlar ham o'z navbatida doimiy emas, balki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o'zgarib boradi.
Tasavvur
Tafakkur
Idrok
Sezish
Amaliyot
(yuqori darajadagi) )0)))bilim))
Amaliyot
(quyi darajadagi bilim)
Bilish jarayonida bilim hosil bo'ladi. Bilim odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plagan umumlashgan tajribasidir. Bilim obyektiv borliqni to'g'ri aks ettiradi. Eng to'g'ri va mukammal bilimlar ham o'z navbatida doimiy emas, balki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o'zgarib boradi.
Bilimlar asosida o'quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo'ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g'oyalar tizimi tarkib topadi.
Ta’lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan o'zlashtirilgan barcha bilimlarni o'rganish mumkin emas. Ta’lim jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar, fanlarning asoslari o'rganiladi.
Ta'lim muassasalarida o'rganiladigan o'quv predmetlari soni o'z vazifalari va xususiyatlariga muvofiq tarzda ortib boradi. Bilimlarning amalda birnecha bor qo'llanilishi ko'nikmalarining hosil bo'lishiga olib keladi. Ko'nikma - bu o'zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyatdir. Demak, ko'nikma muayyan faoliyatni tashkil etish yo'llari va usullarini bilib, o'zlashtirib olish hamda o'z bilimlarni amalda qo'llay olishdir.
Ko'nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki shart-sharoitlar o'zgargan vaqtda ham ma’lum xatti-harakatlar qilish (hosil bo'lgan tajriba asosida) qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Ko'nikmalarni bilimlar bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Har qanday ko'nikma asosida bilim yotadi. Bilimlar fikr mulohazalarda, ko'nikma esa xatti-harakatlarda ifodalanadi. Xatti-harakatlar aqliy yoki jismoniy bo'lishi mumkin.
Malaka-muayyan usul bilan bexato bajariladigan, o'rganib qolingan avtomatlashgan ongli harakatdir.
Malaka bir xatti-harakatning o'zini bir xil sharoitda ko'p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi. Malaka qanchalik puxta bo'lsa, odam ishni shunchalik tez yo'lga qo'yadi.
Malakalar turlicha bo'ladi, chunonchi, o'quv malakalari - o'qish, sezish, og'zaki hisoblash va boshqalar; mehnat malakalari ish qurollari bilan ishlash, materiallar hamda texnika bilan muomalada bo'lish va hokazolar; harakat malakalari-yurish, yugurish va boshqalar. Ko'nikma kabi malaka ham egallangan bilimlar asosida hosil qilinadi. Ko'nikma va malaka o'rtasida farqli tomonlari ham bor. Xususan, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalar har xil tavsifida bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, bilim, ko'nikma va malakalar ta’lim jarayonida tarkib topadi. Ta’lim - dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatli jarayon bo'lib unda ikki tomon o'quvchi va o'qituvchi ishtirok etadi. Ta’lim berish o'quvchilarga bilimlar berish, ularda ko'nikma va malakalar hosil qilish, yangi haqiqatlarni ochishga yo'naltirilgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
Dostları ilə paylaş: |