Mavzu: Maktabgacha ta'lim muassasining yillik ish rejasini tuzish metodikasi reja


Mavsumiy o’zgarishlar,uchib ketuvchi qushlar mavzusida rivojlanish markazlaridagi faoliyatlariga ishlanmalar yozish (xoxlagan gurux misolida)



Yüklə 31,25 Kb.
səhifə2/2
tarix15.04.2023
ölçüsü31,25 Kb.
#98646
1   2
Maktabgacha ta\'lim muassasining yillik ish rejasini tuzish metodikasi

2. Mavsumiy o’zgarishlar,uchib ketuvchi qushlar mavzusida rivojlanish markazlaridagi faoliyatlariga ishlanmalar yozish (xoxlagan gurux misolida)
Qurish-yasash va matematika markazi
Qog'oz qutidan «qushlar uchun uycha » yasash
Maqsad:karton qog'ozlardan uych yasash, uning kuz faslidagi vazifasi xaqida so'zlaydi, turli ranglarni tanlaydi va shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar:turli hajmdagi qog'oz qutilar, yelim, skotch, qaychi, o'ram qog'oz, yoki bo'yoqlar.

Faoliyatning borishi:


Bolalar qushlar uchun yasalgan turli xil uychlar rasmlarini tomosha qilishadi.
Ishning bajarilishini bolalar tomonidan rejalashtirilishi.
Uychni yasash va o'rash.
Uychaning taqdimoti.
Qo'shimcha qism:mustahkamroq uychalarni hovlidagi daraxtlarga o'rnatish.
E'tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlay olishiga, uychning funksional va xavfsizligiga.

Til va nutq markazi


Mavzuga oid topishmoqlar va tez aytishlar.
Maqsad: diqqati rivojlanadi, faol va faol bo'lmagan nutqi rivojlanadi, tafakkuri, fikrlashi, nutq nafasi shakllanadi, nutqining tempi va ifodaliligi shakllanadi.
Jihoz va materiallar:topishmoq va tez aytishlar bo'yicha rasmlar.
Faoliyatning borishi:
«Qushcha» barmoqlar gimnastikasini o'ynab olish;
Bolalar bir-birlariga topishmoq aytishadi;
AKT yoki rasmlarga qarab ishlash;
Qo`shimcha qism: bolalar kuz xaqida qiziqarli hikoyalarni eslab olishadi.
E`tiborga molik jihati: topishmoq va tez aytishlarni to`g`ri talaffuz qilinishiga; do`stlarini tinglay olishiga, tabiatga e`tibor va muxabbatining shakllanishiga.
Fan va tabiat markazi
«Tabiiy bo`yoqlar»
Maqsad: sabzavotlarning ajoyib xususiyatlari bilan tanish (lavlagi, sabzi, apelsinlarning),bo`yoq ranglarini ajratadi.
Kerakli jihoz va materiallar: fartuk, sabzavotlar, mevalar, taxtacha, pichoq, qo`lda ishlatadigan sharbat chiqargich, idish, oq rangli matoqiyqimlari, oq qog`oz.
Faoliyatning borishi:
1. «Tabiatdan bo`yoqlar» mavzusidagi rasmlarni tomosha qilish.
2. Sabzavot va mevalardan rang olish tajribasini o`tkazish.
3. Oq rangli matoni bo`yash.
4. Bolalar xulosa qilishadi. Xar bir rangga tegishli meva yoki sabzavotni qo`yishdan iborat jadvalni to`ldirishadi.
Qo`shimcha qism: qog`ozda tabiiy bo`yoqlar bilan ishlashga urinib ko`rishadi.
E`tiborga molik jihati: tajriba o`tkaza olishlariga va xulosa chiqara olishlariga, ish joylarini yig`ishtira olishlariga.
Qurish-yasash va matematika markazi
«Matematik boychechak» misollar yechish
Maqsad: arifmetik belgilar va raqamlar to`g`risidagi bilimlarini mustahkamlashadi, ular orasida misol va masalalar yecha oladi. Dunyoqarashini boyitadi, diqqatini va xotirani jamlashni shakllantiradi. Kerakli jihoz va materiallar: misollardan iborat bo`lgan boychechak guli, matematik belgilar.

XULOSA
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni markazlarda mashg’ulotlar tashkil qilish ular bilan doimo bevosita munosabatda bo’lishni talab qiladi.Har bir bolaning xoxish va istagidan kelib chiqib markazlarda jalb eilishi bolajonlarning xoxishidan kelib chiqib. Buni ta’minlovchi shartlardan biri bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida jonli tabiat burchagini bo’lishidir. Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va sistemali tarzda tanishtirish ularda jonli tabiat burchagida yashovchilar haqida chuqur va puxta bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko’nikmalarni hosil qilish, kuzatuvchanlikni o’stirish uchun sharoit yaratadi. Ana shu malaka va ko’nikmalar asosida tabiatga extiѐtkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi. Tabiat burchagidagi hayvon va o’simliklar tashqi ko’rinishidan ѐrqin, jozibador, Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalarning hali unchalik barqaror bo’lmagan diqqatini o’ziga jalb qila oladigan bo’lishi kerak;


Fan- tabiat markazida bu turdagi o’simlik va hayvonlarning bir necha xili mavjud bo’lishi lozim. CHunki bolalar kuzatish ob’ektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki o’ziga xos xususiyatli belgilarni ham ko’ra olishlari kerak. Bu bolalarning tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takrorlanmasligini bilib olishlariga yordam beradi;
Ilm - fan, ma’rifat - madaniyat asrlar davomila insoniyat olamida so‘nmas mash’al bo‘lib, yoritib kelgan.. Bizga ma’lum bo‘lmagan tarix zarvaraqlari qatida pinhona yotgan qadriyatlarimiz, noyob qo‘lyozma asarlarimiz, qadimiy yodgorliklarimiz istiqlol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan teran o‘rganilmoqda. Tarix - insonning barkamollik, taraqqiyot yo‘li. Moziyii bilmaslik o‘zini anglamaslikdir. O‘zini anglagan halqgina buyuk kishilarning nomlarini e’zozlab ruhi poklarini doimo yod etadi. Agar biz o‘tmish tariximizga, nazar tashlasak, yashab ijod etgan pedagoglarimiz o‘zlari ijod etgan davrlardayoq bolaning har tomonlama o‘sishida, ma’naviy ozuqa beradigan tabiatning nozne’matlari uning mo‘jizalaridir deb ta’kidlab o‘tganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 3032.
4. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.
5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y.
6. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O’zb Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.
Yüklə 31,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin