Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati


Mavzu:Ekskursiya – maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash shakli



Yüklə 162,36 Kb.
səhifə15/18
tarix07.01.2024
ölçüsü162,36 Kb.
#208982
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Reja Sensor tarbiyaning ahamiyati-fayllar.org

Mavzu:Ekskursiya – maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash shakli.
Bolalarni maktabda o'qishga tayyorlash hozirgi maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining butun sistemasi orqali amalga oshiriladi. Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o'qishga tayyorlash muhim o'rinni egallaydi. U maktabgacha bolalikni yakunlaydi va maktabda o'qishga o'tuvchi bosqich hisoblanadi. Ayni shu davrda bolalar xulq-atvori, faoliyatida ularning aqliy, ma'naviy-irodaviy va ko'tarinki sohalarigaaloqadorkeyingi o'qitishlar uchun muhim bo'lgan xususiyatlar faol shakllanib boradi. Tayyorlov guruhi tarbiyachisining asosiy e'tibori barcha bolalarning maktabgacha ta’lim dasturida nazarda tutilgan mazmunni to'liq egallab olishlariga qaratiladi, chunki bu maktab ta'limiga to'laqonli tayyorlashning majburiy sharti hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta guruhlardagi pedagogik jarayon o'ziga xosdir. Bu o'ziga xoslik maktabning ta'lim-tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirishgina emas, balki bolalarning ularda maktabda muvaffaqiyatli o'qitish uchun zarur bo'ladigan sifatlarni og'ishmay shakllantirishga yo'llangan faoliyat va xulq- atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir. Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xil faoliyatlarida: o'z-o'ziga xizmat qilishda, navbatchilikda, tabiat qo'ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo'la boshlaydi. Boladagi mustaqillik va tashkilotchilik qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi. Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg'ulotlarni bajonidil bajarish, o'z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o'stiruvchi harakat faolligini rivojlantirish kerak. Bu guruhdagi bolalarni jismoniy mashqlarning sport turiga (suzish va shunga o'xshash) jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalarning asosiy harakatini o'stiruvchi, jamoatchilikni, javobgarlikhis etishni, chidamlilikni, mustaqillikni, uyushqoqlikni tarbiyalovchi harakatli o'yinlar kun tartibidagi katta o'rin egallaydi. Harakatli o'yinlarni boshqa mashqlar bilan almashtirib borish hamma harakatlarni rivojlantirishning asosiy shartidir. To'g'ri tashkil etilgan sayr bolalarning jismoniy rivojlani- shida muhim o'rin tutadi. Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha g'amxo'rlik qilib boradi. Ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyati hozirgi zamon ta'limiga xos prinsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziqish va bilish jarayonlarini rivojlantiradi. Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka, ko'nikmalar ma'lum izchillik bilan takomillashtirilib boriladi. Natijada bolalar kattalarning ko'rsatmasi va namunasi bo'yicha ish- harakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi faoliyatda qo'llashga, o'zining xulqi, ishi, xatti-harakatini nazorat qilish va to'g'ri baholashga o'rganib boradilar. Bolalarda topshiriqqa ongli munosabat shakllanadi. Tarbiyachining tushuntirish va ko'rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o'z ishida yaxshi natijaga intilishi, ma’lum tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi shakllanadi, ish qobiliyati ortadi.
Tarbiyachi mashg'ulot paytida har bir bolaning diqqati, tafakkuri, xotirasi, bilim va malaka darajasidagi o'ziga xos xususiyatlarni e'tiborga oladi. Ta'lim jarayoniga alohida yondashish aqliy vazifalarni, ularni bajarish usullarini murakkablashtirib borishni sekin-asta amalga oshirishni taqozo etadi. Masalan, bola biror narsani o'zicha hikoya qilib bera olmasa, tarbiyachi unga mavzuga doir reja beradi, keyinchalik ishni mustaqil bajarishni topshiradi. Alohida yondoshish orqali tortinchoq, sust bolalar faollashtirib boriladi, materialni yaxshi o'zlashtiradigan bolalarga topshiriq murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhida qo'shllaniladigan metod- larning o'ziga xos tomoni bor. Ko'rgazmali metodlar bu yerda faqat harakat usulida ishlatilmay, shu bilan birga bolalarning fikrlash faoliyatini faollashtirish uchun ham qo'llaniladi. Masalan, manzarali rasm chizish mashg'ulotida namunani ko'rsatishdan mashg'ulotning boshida xotirani, xayol obrazini jonlantirish uchun foydalaniladi, mashg'ulotning oxirida esa o'zining bajargan ishini, rasmni to'g'ri bajarganini tekshirish uchun namuna bilan taqqoslab ko'rish maqsadida foydalaniladi. Bilimlarni bolalar puxta o'zlashtirib olishlari, ta'lim jarayonini faollashtirish maqsadida amaliy va o'yin metodlarini ko'rgazmali metod bilan to'g'ri qo'shib olib borishda og'zaki metod katta ahamiyatga ega. O'yin metodlari, ayniqsa, didaktik o'yinlar metodi ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Chunki ta'lim o'yinlar, ayniqsa, didaktik o'yinlar orqali olib borilgan bolalar o'quv vazifasini yaxshiroq anglab oladilar, bu ulardagi ixtiyoriy diqqatni oshiradi, faoliyatni faollashtirib, bilishga qiziqishni kuchaytiradi. Rivojlantiruvchi ta'lim prinsipini amalga oshirishda tarbiyachining bolalar faoliyatiga rahbarlik va uni to'g'ri baholab borishi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bunda faqat ishning natijasigina baholanmay, balki bu ishni bajarishda bolalarning aqliy faoliyati, mustaqilligi, ishtiyoq bilan, jon-dildan harakat qilganliklari ham e'tiborgaolinadi. Tarbiyachining bolalar ishini baholashga pedagogik nazokat bilan yondashishi natijasida ular o'zlarining yutuq va kamchiliklarini tushunib oladilar va kelgusida yaxshiroq natijalarga erishish uchun harakat qiladilar. Bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda tahlil qilish: solishtirish, taqqoslash, nazorat qilib borish o'quv faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan malakalarni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarni bajarilgan ishlarni tahlil qilishga o'rgatar ekan, avvalo, o'zi namuna beradi, keyin reja tuzib beradi va shundan keyin bolalar o'zlari va o'rtoqlarining ishini mustaqil tahlil qilib, uni baholaydigan boTib qoladilar. Bolalardagi o'z-o'zini tekshirish malakasini tarbiyalash uchun tarbiyachi bolalarga o'rtog'i ishni qanday bajarganligini gapirib berishni taklif etadi va yo'l-yo'lakay "Sen uning ishni qanday bajarganini qayerdan bilib olding?” "Nima uchun shunday deb o'ylaysan?" kabi savollarni berib boradi. Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning mashg'ulotda uyushqoqlik bilan shug'ullanishlariga talab ortadi. Bolalarning ish joyini tayyorlab olish, kerakli materiallarni to'g'ri joylashtirish, ishni ma'lum ketma-ketlik bilan bajarish kabi malakalarni egallab olishlari aqliy mehnat malakasini shakllantiradi. Shuning uchun bolalarni bo'lajak faoliyat uchun zarur bo'ladigan ana shu ishlarga o'rgatib boriladi. Bolalarni mashg'ulotlardagi xulqiga ham talab ortadi. To'g'ri o'tirish, o'zini batartib tutish, diqqat bilan quloq solish, boshqalarning gapini bo'lmaslik, o'rtoqlarining javobini to'ldirish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Bu yoshdagi bolalarga axloqiy va mehnat tarbiyasi berish dasturi murakkablashadi; o'z tengdoshlari va kattalar bilan munosabati shakllantiriladi, insoniy hislarni tarbiyalash kuchaytiriladi. Xulq normalari qoidalarini egallab olishlariga, kundalik hayotda uchrab turadigan odob, axloq doirasidagi vazifalarni hal qilishga e’tibor beriladi. Bolalarni maktab va o'quvchilar hayoti bilan tanishtirish. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi va MTMning tayyorlov guruhi tarbiyasi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo'yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomida 3 marta o'tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruhi bolalari maktab o'quvchilari bilan tanishadilar, ular MTM bolalariga o'zlarining maktabdagi o'qishlari, ishlari to'g'risida gapirib beradilar; o'quvchilar xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarni bajarayotganliklarini ko'rsatadilar. Bolalarni maktab va o'quvchilar hayoti bilan tanishtirishning ish shakllari:
- sinfda "Rasmga qarab so'zlab berish" mavzusidagi dars - mashg'ulotni birga o'tkazish;
- sport maydonchasida yoki sport zalida maktabdagi jismoniy tarbiya mashg'ulotini birga bajarish;
- birinchi sinf o'quvchilari va tayyorlov guruhi bolalari ishlagan rasmlarning birgalikdagi ko'rgazmasini tashkil etish;
- maktab ustaxonasida o'quvchilarning mehnat mashg'ulotini kuzatish. O'quvchilar o'zlari tayyorlagan o'yinchoqlarni bog'cha bolalariga sovg'a qilishadi;
- maktabda o'qiyotgan bolalar o'z bog'chasiga kelishadi;
- "Maktab" o'yinini tashkil etish.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi va boshlang'ich sinf o'quvchisi faoliyatida izchillik yaqqol namoyon bo'ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va ta'lim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi.

Yüklə 162,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin