MAKTABGACHA TA\'LIMDA TASHKILOTLARIDA INOVATSION PEDAGOGIK JARAYONLAR ASOSIDA LOYIHALASHTIRISH USULLARI
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zamonaviy ta’lim dasturlari va turlari Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bog‘chalar ta’lim tashkiloti vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning ta’mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan to‘liq ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga qamrab olingani bu fikrlar isboti bo‘la oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermasdi.
Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, nodavlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o‘z ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi...
2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish maktabgacha ta’lim tizimi tarixida qoladigan yig‘ilish bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofondini mustahkamlash borasida gapirib, ta’limning ilk bosqichini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi.
— Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
BUGUN
Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
— Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.
Metodik ko‘mak qanchalik zarur?
Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or Inovarsion pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi ma’lumotlarni o‘rgatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyoj esa Inovarsion pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta tayyorlovdan o‘tkazish evaziga to‘ldirilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.
— Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg‘or Inovarsion pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashi va ulardan mashg‘ulotlarida mohirona foydalanishi zarur. Ta’lim jarayonida ilg‘or Inovarsion pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Tarbiyachi mashg‘ulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Maktabgacha ta’limda ko‘proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini, ya’ni hayotiy kompetensiyasini rivojlantiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim: nimasi afzal?
Ochig‘i, avvallari xususiy bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz o‘zidan itarardi. Chunki davlat bog‘chasi bilan xususiy bog‘cha narxi o‘rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday ta’lim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.
Nega NMTT narxida o‘zgarish ro‘y berdi?
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiymatda tadbirkorlarga berildi, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi belgilandi.Bular narx siyosatiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.
Mazkur eksperiment yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaslik holatiga sabab bo‘lar edi. Masalan, 1993-yilga qadar maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachisi va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash miqdori bir xil bo‘lgan bo‘lsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumta’lim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari bir necha marta oshirilgani holda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari o‘zgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning o‘rtacha ish haqi miqdori umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga nisbatan 60 foizni tashkil etgan, xolos.
Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari iste’dodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bo‘lmasligiga hamda muassasaning Inovarsion pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.
Shu sabab maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish ustida ish olib borilmoqda.
2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovining keskin pasaytirilishi maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
ERTAGA
Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi Inovarsion pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat markazda turibdi.
Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olinadi.
Dunyo mamlakatlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganish vaulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha ta’lim tizimi yaratiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali o‘rgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib borishiga xizmat qiladi.
2030-yilga qadar...
Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni ko‘zlovchi “Yo‘l xaritasi”da 2019—2024 va 2025—2030-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Konsepsiya o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat o‘quv-metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.
Xususan, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar miqdorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qo‘yilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan ta’lim muassasalari quvvatlarining kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021-yilga kelib o‘rinlar miqdori yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8 foizga (2030-yilga kelib — 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun dolzarb muqobil maktabgacha ta’lim shakllari rivojlantiriladi. Keyingi yillarda Inovarsion pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsepsiya bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar darajasigacha tushadi hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miqdorda mablag‘larining zarurligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi.
Demak, maktabgacha ta’limning ertangi porloq kelajagidan barchamiz umidvor va manfaatdormiz.4 XULOSA Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya sifatini takomillashtirish muammosini alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganish ehtiyoji sezilmoqda. Muammoning yechimini topish uchun: - davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirishda «tarbiya kvalimetriyasi» va «ta’lim kvalimetriyasi» tushunchalarini ilmiy jihatdan tavsiflash;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari boshqarishning metodologik va nazariy asoslarini sifatli menejment nuqtai nazaridan tadqiq qilish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlariga qo’yiladigan davlat talablarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida takomillashtirish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini joriy etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyalanuvchilari iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga mo’ljallangan metodik qo’llanmalar yaratish amaliyotga tatbiq etish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish lozim. Davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining faoliyatini kvalimetriya asosida baholash, kasbiy faoliyat natijasi, tarbiyalanuvchilarning intellektual darajasi va shaxsiy rivojlanishi mezonlariga asoslangan holda takomillashtirishga qaratish lozim. Shunday qilib, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bo’lgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yo’g’rilgan ta’lim komil inson shaxsini yetuklikka yo’naltiradi. Binobarin, O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlar ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga burdi.Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, Inovarsion pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.