Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/26
tarix12.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#57664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1 - Laboratoriya mashg‘uloti


1 - Laboratoriya mashg‘uloti

Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash. Qobiq dasturlar va arxivatorlar. Excelda ma’lumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish. Oʻquv jarayoni uchun oʻrgatuvchi taqdimotlar yaratish

Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash




Ishning maqsadi: Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlashni oʻrganish.

Nazariy ma’lumotlar: BIOS dasturiga kirish yoʻllari. BIOS bilan ishlash boʻyicha tajribangiz boʻlmasa, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ya’ni kerakli fayllaringizni boshqa kompyuterga yoki boshqa vinchesterga olib qoʻying, bu juda nozik ish boʻlib, bilmasdan BIOS ga doir biror boshqa sozlashni oʻzgartirib qoʻysangiz, kompyuteringiz ishlamay qolishi mumkin.

BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib boʻlmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda «Press DEL to enter SETUP» koʻrinishida boʻladi. Agar bu xabarni oʻqiy olmasangiz, bu haqidagi ma’lumot otherboard(Материнская плата) qoʻllanmasida ham boʻladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin.


Agar qoʻllanma boʻlmasa va BIOSga qanday kirishni bilmasangiz, havotirlanmang, kompyuter yonganda Delete, F1 yoki F2 tugmalaridan birini tez-tez bosib natijasini kuting, agar operatsion tizim yuklanishi boshlanib ketsa, demak bilinki siz bosgan tugma BIOS dasturiga kirishni amalga oshirmaydi, qolgan ikki tugmani bosib harakat qilib koʻring. Kirish amalga oshganligini ekranga chiqadigan koʻk fonli, bir necha menyulardan tashkil topgan oynadan bilish mumkin.



Notebooklarda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOSga standartdan tashqari (delete, F1, F2) tugmalar orqali kiriladi, ya’ni firma oʻzi belgilaydi, qaysi tugma orqali BIOSga kirish mumkinligini. Quydagi jadvalda, qanday firma Notebooklarida, BIOSga kirish qanday tugmalar asosida amalga oshirilishi haqida axborot berilgan. Bu jadval «windxp» internet saytidan olingan.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin