Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash


BIOS versiyasini koʻrishning bir necha usullari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/26
tarix12.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#57664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1 - Laboratoriya mashg‘uloti

2. BIOS versiyasini koʻrishning bir necha usullari

Agar siz kompyuter yoki noutbuk BIOS ini yangilamoqchi boʻlsangiz, dastlab, mavjud boʻlgan BIOS versiyasini bilishingiz kerak. Shundan soʻng, BIOS ishlab chiqargan firma saytiga kirib, yangi versiyasini koʻchirib oʻrnatishingiz mumkin boʻladi.

Oldindan aytib oʻtishim kerakki, BIOS versiyasini yangilash xavfsiz jarayon emas, shuning uchun, agar sizda hamma dasturlar ishlayotgan boʻlsa va yangilashga ehtiyoj boʻlmasa, yaxshisi yangilamaganigiz ma’qul, qanday boʻlsa, shundayligicha qolsin.

Shunday holatlar ham boʻladiki, BIOS versiyasini yangilamasangiz boʻlmaydi, eski motherboard(materinskaya plata) larda BIOS ni yangilash qoʻshimcha imkoniyatlarni ochadi.

1. Kompyuter yoqilayotganda, ya’ni POST tekshiruv amalga oshirilayotganda BIOS versiyasi tezda koʻrsatib oʻtiladi.

2. BIOS sozlashlariga kirib ham, uning versiyasini koʻrish mumkin. BIOS — > Main -> BIOS Information

3. Пуск -> Выполнить -> msinfo32

Shundan soʻng, «Сведения о системе(System Information)» oynasi chiqadi, oʻsha yerdan «BIOS Version/Date» yozuvi qidiriladi va qiymati BIOS versiyasi hisoblanadi.

4. Пуск -> Выполнить -> regedit

Hosil boʻlgan oynadan quyidagi adresga kiriladi:

HKEY_LOCAL_MACHINE\HARDWARE\DESCRIPTION\BIOS

BIOSVersion oʻzgaruvchisi topiladi va uning qiymati BIOS versiyasi hisoblanadi.

5. Utilitalar orqali, shunday utilitalardan biri bepul Speccy utilitasidir. Juda tushunarli va sodda. Dasturni ishga tushirasiz va Motherboard punktiga kirsangiz, BIOS -> Version, shu yerda BIOS versiyasi yozilgan boʻladi.

6. Oxirgi usullaridan biri, «Командная строка» orqali: Win+R -> cmd

Oynaga quyidagi buyruqlarni yozamiz: wmic bios get smbiosbiosversion

Koʻrsatilgan usullar orqali BIOS versiyasini bilib olishingiz mumkin, istalgan foydalanuvchi uchun kamida bitta usul qulay hisoblansa kerak.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin