Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash


Total Commanderda Yangi papka yaratish



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə14/26
tarix12.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#57664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
1 - Laboratoriya mashg‘uloti

7. Total Commanderda Yangi papka yaratish.

8. Katalog yaratish. Koʻrsatkich turgan joriy panelda biror yangi katolog tashkil qilish uchun F7(Make Directory) tugmasi bosilib, hosil boʻlgan “Sozdat novy katalog” nomli oynachaga yangi katolog nomi kiritiladi va [OK] bosiladi.

9. Katalogga kirish va undan chiqish. Katalogga kirish uchun koʻrsatkich katalog ustiga keltiriladi va “Enter” bosiladi, undan chiqish uchun esa katologda mavjud boʻlgan qism katalog va fayllarning yuqorisida joylashgan ikkita nuqta “..” ustiga “Enter” bosiladi.

10. Katalogni qayta nomlash va oʻchirish. Katalogni qayta nomlash uchun F6(Rename) tugmasi bosiladi va yangi nom kiritiladi. Katalogni oʻchirish uchun esa u dastlab koʻrsatkich yordamida ajratiladi va soʻngra F8(Delete) tugmasi bosiladi.

11. Darchada katolog daraxtin koʻrish. Darchada katolog daraxtini koʻrish uchun [Alt]+[F10] tugmachalari bir vaqtda bosiladi. Boshqa darchaga oʻtish uchun esa [Tab] tugmasi bosiladi.

12. Total Commanderda disklar bilan ishlash

13. Oʻng yoki chap darchaga disklar roʻyxatini chiqarish. Chap yoki oʻng darchaga disklar roʻyxatini chiqarish uchun mos holda, [Alt]+[F1] yoki [Alt]+[F2] tugmachalari bosiladi.

14. Diskdan faylni tez qidirib topish. Diskdan faylni tez qidirib topish uchun [Alt]+[F7] tugmachalari birgalikda bosiladi. Hosil boʻlgan muloqot oynachasining “Искать файлы” yoʻlagiga izlanayotgan fayl nomi, “Искать где” yoʻlagiga esa biror disk va diskga tegishli qism katolog nomi kiritiladi. Kerakli faylni qidirish uchun shu ma’lumotlar yetarli. “Начать поиск” buyrugʻini ishlatish bilanoq faylni qidiruv jarayoni boshlanadi. Agar mazkur faylning oʻzi umuman mavjud boʻlsa, u holda uning qaerda joylashganligi haqidagi xabar quyidagi oynada namoyon boʻladi (misol tariqasida phone.doc faylni C: diskdan qidirish e’lon qilingan).

15. Disk oʻochami holatini tekshirish va boʻsh joyni aniqlash.

Diskdagi boʻsh joyni aniqlash uchun [Ctrl]+[L] tugmalari bosiladi. Ekranda nafaqat disk holati, balki koʻrsatkich turgan katolog yoki fayl oʻlchami haqidagi ma’lumot birgalikda hosil boʻladi. Uni olib tashlash uchun [OK] tugmasi bosiladi.



16. TC da ma’lumotlarni arxivga olish va arxivdan chiqarish.

TC da bir nechta arxivatorlar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Xususan, zip (Pkzip, Winzip) arxivatori yordamida fayllarni arxivlashni qarab chiqamiz. Buning uchun [Alt]+[F5] tugmalarini ishlatib, quyidagi oynani hosil qilamiz:



Oynada Nam katalogining zip kengaytmali arxivini yaratish talab qilingan. Bu oynada OK tugmasini bosib, maqsadga erishish mumkin. Arxivlangan faylni istaganingizdek nomlashingiz mumkin. Arxivlangan faylni ochish uchun [Alt]+[F9] tugmalar birikmasidan foydalanish mumkin.



17. Total Commander dasturidan chiqish.
Foydalanish uchun adabiyotlar:

1. B.Moʻminov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-boʻstoni”, 2014 y.

2. R. A. Fayziyev, M.A. Tillashayxova. Microsoft Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash. T. 2004 y.

3. A.Norov, L.Safarov, B.Shovaliyev. Informatika va informatsion texnologiyalardan laboratoriya ishlari. -Qarshi “Nasaf” nashriyoti, 2004.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin