4. Faylni qayta nomlash. Faylni qayta nomlash uchun koʻrsatkichni nomi oʻzgarishi kerak boʻlgan fayl ustiga qoʻyib, F6(Rename) tugmasi bosish lozim. Kompyuter soʻroviga faylning yangi nomi beriladi.
5. Fayl yoki fayllar guruhini oʻchirish. Buning uchun fayl yoki fayllvr guruhi ajratilib, ([Insert] tugmasi yordamida), F8(Delete) tugmachasi bosiladi.
Diskdagi fayllar guruhini: nomi boʻyicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F3]; kengaytmasi boʻyicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F4]; yaratilgan vaqti boʻyicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F5]; hajmi boʻyicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F6]; aralash tartibdagi holi (saralanmagan) uchun [Ctrl]+[F7] tugmachalar birgalikda bosiladi.