Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshida taʼlimga ijtimoiy tayyorgarligining psixologik xususiyatlari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə6/9
tarix03.10.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#64479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.2 Maktabgacha tarbiya yoshida taʼlimga ijtimoiy tayyorganligining psixologik xususiyatlarini oshirish imkoniyatlari.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. 6 Yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu Yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og‘irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi. 6 Yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va engil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang‘ida uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin. Musiqa bo‘yicha mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, engil va chaqqon bajara oladilar.
6-7 Yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, Shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu Yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu Yoshdagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari to‘liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin