Mavzu:Maktabgacha tarbiya yoshida taʼlimga ijtimoiy tayyorgarligining psixologik xususiyatlari.
Mundarija:
Kirish I Bob Maktab taʼlimiga tayyorganlik bo'yicha tadqiqotlarda organilishi va maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning talimga ijtimoiy psixologik tayyorganligi. 1.1 Psixolog olimlar tomonidan maktabga tayyorgarlikni oʻrganish. 1.2 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning taʼlimga ijtimoiy psixologik tayyorganligi. II Bob.Maktabgacha tarbiya yoshida talimga ijtimoiy tayyorganlik ning eksperimental organish. 2.1 Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning bilish faolligini oshirish yuzasidan olib borilgan diagnostik ishlar tahlili. 2.2 Maktabgacha tarbiya yoshida taʼlimga ijtimoiy tayyorganligining psixologik xususiyatlarini oshirish imkoniyatlari. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH Mavzuning dolzarbligi.Ontogenezda 3 dan 7 Yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha Yoshi davri yoki maktabgacha Yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha Yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 Yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha Yoshi), (4-5 Yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha Yoshi) , (6-7 Yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha Yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta Yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Maktabgacha tarbiyayoshdagibolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha Yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Maktabgacha tarbiyayoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, Shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha Yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir. Maktabgacha tarbiyayoshdagibolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 Yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: -predmetlarni o‘rganishi; -individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rolli o‘yinlar; -individual va guruhiy ijod; -musobaqa o‘yinlari; -muloqot o‘yinlari; -uy mehnati. Maktabgacha tarbiyayoshdagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi.Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha Yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir.Bog‘cha Yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3-7 Yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar.