Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy – pedagogik shart – sharoitlari. Reja



Yüklə 121,75 Kb.
tarix03.09.2023
ölçüsü121,75 Kb.
#141380
2-amaliy topshiriq. Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini -fayllar.org




Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy – pedagogik shart – sharoitlari.

Reja:
  1. Nutq o’stirish metodikasining ilmiy-tadqiqot muammolari tajriba sinov manbalari, ularning mohiyati.


  2. Ilmiy-tadqiqot metodlari, bosqichlari, mohiyati.


  3. Nutq o’stirish metodikasining boshqa fanlar bilan munosabati, ularning nutq o’stirishdagi ahamiyati.


Nutq o’stirish metodikasi o’z ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari va tadqiqi qilish metodlariga bo’lib, bolalar nutqini shakllantirishda YaPTni joriy etish, nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, bolalarni maktabga tayyorlash kabi muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-sinov mashg’ulotlarini tashkil etishga doir tadqiqotlar olib borish fanning hozirgi kun vazifasidir.


Yangi pedagogik texnologiyani ta’limga joriy etish, tajriballarga amal qilish esa ta’limda ijobiy samara beradi, ijodiy raqobat yuzaga keladi, ijobiy natijalarga erishiladi. Shu bois ilmiy-tadqiqot olib borish uchun tanlangan mavzu, muammo bo’yicha izlanishlar olib borishda, avvalo, mavzuning dolzarbligi, bolalarning psixologik, fiziologik rivojlanish xususiyatlari, tajriba shakllari, tajriba o’tkazish maydonlari, guruhlar, xalqaro tajribalar e’tiborga olinadi va quyidagi talablarga rioya qilinadi:
  1. Tajriba-sinov tashkil qilish uchun bolalarning yoshi, psixologik rivojlanishi, xotira, diqqati, nutqi nazarda tutiladi;


  2. Bolalarning fiziologik rivojlanishi, harakat turlari darajasi aniqlanadi.


  3. Bolalarning fikrlash qobiliyati, tafakkuri o’rganiladi;


  4. Bolalarning qabul qilish qobiliyati, eshitish, ko’rish, xotirlash, eslash, qayta eslashi nazarda tutiladi;


  5. Tajriba-sinov guruhining moddiy ta’minoti, tarbiyachining bilimi, tajribasi, bolalar bilan ishlash faoliyati o’rganiladi;


  6. Ta’lim standartlari me’yorlari asosga olinadi va ta’lim jarayonidagi barcha talablar nazarda tutiladi, ya’ni, tajriba, ilmiy-tadqiqot, ilm-fan yutuqlari, fanning taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan vositalar, omillar asosida tashkil etiladi.


Ilmiy – tadqiqot metodlari quyidagi turlarga bo’linadi:




  1. Nazariy metodlar – ilmiy-tadqiqot uchun tanlangan muammoning metodik asosini yaratish, shu muammo bilan bog’liq bo’lgan fanlarning o’qitilishini, qo’yilgan faraz, mo’ljalni asoslash, ta’limning samarali metodlarini izlash va qo’llash uchun nazariy metoddan foydalaniladi. Biror muammo, masala tarixini o’rganish, mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish orqali muammoning o’rganilganligi, isbotlangan yoki isbotlanmagan tomonlari aniqlanadi, muammoni hozirgi kun talabi asosida o’rganish zarurati belgilanadi, bir-biriga yaqin fanlarni tekshirish metodlarini o’rganish natijasida tadbiq qilinayotgan muammoning yangi zamonaviy metodlarini yaratish mumkin bo’ladi.


  2. Empirik-tajriba, amaliy metodlar:
  1. tarbiyachilar ish tajribalarini o’rganish, qulay metodlarni qo’llash, ish tajribalarni ommalashtirish ta’lim jarayonidagi bolalar va tarbiyachi faoliyati darajasini aniqlash uchun qo’llaniladi;


  2. u yoki bu mavzu, ilmiy-tadqiqot muammosi bo’yicha ta’lim jarayonini kuzatish:bolalar nutqini o’rganish, savol-javoblar orqali bolalar fikrlashini aniqlash, tarbiyachilar uchun tuzilgan anketa savollariga javob olish va uni taxlil qilishda qo’llaniladi;


  3. tajriba-kuzatish, o’tkazish. Bunda tadqiqot uchun faraz, taxmin, gipoteza qo’yiladi, tajriba o’tkazish rejasi, ish turlari, topshiriqlar, qo’shimcha materiallar tayyorlanadi, anketa savollari tuziladi.


Nutq o’stirish metodikasi psixologiya-pedagogika fani bilan bog’liqdir. Ya’ni, nutqning shakllanishi, bolalarning xotirasi, eslab qolishi va qayta eslashi, xulosa qilish, taxlil qilish kabi aqliy faoliyati bilan bog’liqdir.



Nutq o’stirish metodikasi fani umumiy pedagogika va maktabgacha tarbiya pedagogikasi bilan bog’lanadi. Chunki nutq o’stirish bolalar tarbiyasi bilan bog’liqdir. Nutq o’stirish orqali bolalarni har tomonlama tarbiyalash, komil inson bo’lishini ta’minlashga erishladi.
Yüklə 121,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin