2.3 Maktabgacha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishida o’yiniing psixologik xususiyatlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu uyindir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar uzlarining uyin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan birga olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Ma’lumki, bolaning yoshi ulgayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyokarashi kengayib boradi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bulishga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi xam yetmayligan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosobatda bulishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni uzi xaydagisi, xakikiy otga minib yurgisi,uchuvchi bulib samolyotda uchgisi va xakikiy militsioner bulgisi keladi. Birok tabiiyki bola uzidagi bunday extiyojlarning birontasini xam xakikiy yul bilan kondira olmaydi. Bu urinda savol tugiladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiejlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasidagi karama - karshilik kanday yul bilan xal kilinadi? Bu karama karshilik fakatgina birgina faoliyat orkali ya’ni bolaning uyin faoliyati orkaligina xal kilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning uyin faoliyati kandaydir moddiy maxsulot ishlab chikarishga karatilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni uyinga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas balki shu uyin jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir. Ikkinchidan esa, bolalar uyin jarayonida uz ixtiyorlaridagi narsalarni, uzlarini kiziktirgan, ammo kattalargagina mansub bulgan narsalarga aylantirib xoxlaganlaricha erkin faoliyatda buladilar. Bolalarning uyin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. Uyin bolalar xaetida shunday kup kirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bulgan mexnat xam, turli narsalar xakida tafakkur kilish, xom xayol, dam olish va xushchakchaklik manbalari xam mujjasamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi uyin faoliyatida anik buladi. SHuni xam ta’kidlab utish kerakki uyin fakat tashki muxitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli uyinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari xam shakllanadi. Demak, Maktabgacha ta`limdagi ta’lim tarbiya ishlarining muvaffakiyati kup jixatdan bolalarning uyin faoliyatlarini maksadga muvofik tashkil kila borishga boglikdir.
Shunday qilib, o’yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining uzi uyin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Shuni xam aytib o’tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga guyo bir mu’jizadek kurinadi. Natijada ular xam uzlarining turli uyinlari jarayonida uxshatma kilib (ya’ni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar(uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashkari, bolarning turli xayoliy narsalarni uylab chikarishlari yana shuni bildiradiki, ular uzlarining xar turli uyin faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda extiyojlari talab kilayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.
Bolalarning o’yin faoliyatlarida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning xam) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, uzgartiruvchan jarayondir.
Bolalar uyin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, uyin jarayonida bolaning kiladigan xatti-xarakatlari va bajaradigan rollari kupincha umumiylik xarakteriga ega buladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola uzining turli-tuman uyinlarida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-xarakatliligina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning xamda uchuvchilarning xatti-xarakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik gruppa bolalari xam) uzlarining uyinlarida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini,akasini, tarbiyachisini va shu kabi). Urta, katta Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning uyinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bula boshlaydi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning uyinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish kuroli bulish bilan birga yuksak ijtimoiy axamiyatga xam ega. Bolalarning uyinlari orkali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashkari, agarda biz bolalarning uyini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, uyin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga kuprok kizikishi, kobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bulishini kuramiz. Shuning uchun bolalarning uyin faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda kulay vositadir.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda uzlari yolgiz uynaydilar. Predmetli va konstruktorli uyinlar orkali bu yoshdagi bolalar uzlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur xamda xarakat layokatlarini rivojlantiradilar.Syujetli rolli uyinlarda bolalar asosan uzlari xar kuni kurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning uyini asta – sekinlik bilan jamoaviy xarakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini xususan ularning jamoaviy o’yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu o’yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki kuprok uzaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, jamoaviy uyinda bolalar bir grux odamlarning murakkab xayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» uyinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga kumir yokuvchi, provodniklar, kontrollyor, kassir, stantsiya xodimlari va yulovchilar buladi. Bolalarning mana shu kabi jamoaviy uyinlari artistlarning faoliyatiga uxshaydi. CHunki jamoaviy uyindagi xar bir bola uz rolini yaxshi ado etishga intilish bilan birga uyinning umumiy mazmunidan xam chetga chikib ketmaslikka tirishadi. Bu esa , xar bir boladan uzining butun kobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bulingan jamoaviy uyin bolalardan kat’iy koidalarga buysunishni va ayrim vazifalarni uxshatib bajarishni talab etadi. SHuning uchun bolalarning bunday jamoaviy uyinlari psixologik jixatdan katta axamiyatga ega. Chunki bunday uyinlar bolalarda irodaviylik, muomalalik, uyin koidalariga, tartib- intizomga buysunish va shu kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi
Katta Maktabgacha ta`lim yoshida syujetli-rolli uyinlar rivojlanadi,lekin endi bu uyinlar uz mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi.Bu uyinlar jarayonida bolalrda liderlik yuzaga kela boshlaydi,shuningdek tashkilotchilik kunikma v a malakalari rivojlana boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'iimiy mashg'ulotlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish shakllari natijalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko'nikmalar hosil qilish o'quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning asosiy xususiyatini belgilaydi.
Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga harakat qilsa, bunday jarayon o'yin yoki samarali harakat hisoblanadi. Lekin qachonki bola rasm mashg'uloti vaqtida o'z oldiga ma'lum maqsad qo'ysa, bu harakatlar ta'lim ko'rinishiga ega bo'ladi. Masalan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni to'g'ri bo'yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat turlariga kiradi.
Ta'lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojlanishi amalga oshsada, bilim va ko'nikmalarni aksariyat qismini u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, maslahatlarini va ko'rsatmalarini bajarish davomida o'zlashtiradi. Shuningdek o'yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham bolaning bilim va ko'nikmalarini kengaytirib boradi. Kattalarning bola bilan bo'lgan har xil uslubdagi muloqot negizida ta'lim yotadi.
Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarakterga ega bo'ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida muayyan dasturlar asosida o'tkaziladigan mashg'ulotlarda ta'lim oladilar. O'yin usullari va samarali topshiriqlardan foydalanish bunday hollarda muhim o'rin egallaydi. Shu bilan birga mashg'ulotlar vaqtida bolalarga tanish bo'lgan talablar qo'yiladi: to'liq va sifatli bilim va ko'nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va uning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarish. Mashg'ulotlar orqali bilim berish o'quv faoliyatini boshlang'ich qoidalarini egallashda muhim ahamiyatga ega. O'quv faoliyatini boshlang'ich qoidasi bilim olishga bo'lgan qiziqishni shakllanishini va o'rganish qobi-liyatini o'zlashtirishni o'z ichiga oladi.
Atrof-muhit haqida yetkazilagan xilma-xil ma'lumotlar bolada qiziquvchanlik paydo bo'lishiga sabab boiadi. Kattalar tomonidan gapirib berilgan va ko'rsatilgan narsalar, yoki bolaning o'z ko'zi bilan ko'rganlari ham unda yangiliklarga bo'lgan qiziqishni uyg'otishi mumkin. Maktab yoshigacha bo'lgan bolalarda qiziquvchanlikning o'sishi, aksariyat hollarda ular tomondan berilayotgan savollar soni va ularning turini o'zgarishida namoyon boiadi. Uch-to'rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga, tushunarsiz narsalarni aniqlashtirishga qaratilgan boisa, maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar savollarini aksariyat qismini shunday savollar tashkil qiladigan boiadi. Turli xil hodisa sabablariga, ular orasidagi bogiiqlikka qiziqadilar. «Nimaga yomg'ir yog'yapti?»; «Nima uchun o'simliklarni sug'orish kerak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko'radi?»; «Yulduzlar qayerdan paydo boiadi?»; «Traktorga kichik uyni joylashtirsa olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin ular qayerga g'oyib boiadi?». Bu olti yoshlik bolaning doim berishi mumkin bo'lgan savollarining kichik ro'yxatidir.
Shunday boisada qiziquvchanlik bolani o'qishga, sistematik tarzda bilim olishga hali tayyorligini ta'minlay olmaydi. U yoki bu hodisaga qiziqish bolada tez sodir boiadi va shuningdek tez yo'qoladi ham, yoki boshqa bir qiziqishga aylanadi. Yuqorida keltirilgan savollar ro'yxatidan ko'rinib turibdiki, bolani turli xil voqelik sohalariga oid bo'lgan hodisalar qiziqtiradi. Rivoj topgan uslubga ko'ra esa, hodisalarni aniq turlariga va jihatlariga bo'lgan barqaror qiziqish taiim tomonidan talab qilinadi. Bunday hodisalar matematika, ona tili, biologiya kabi o'quv fanlarini mazmunini tashkil etadi.
Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va barqaror qiziqish erta namoyon boiadi va ular bolalarni bilim olishda hayratlanarli natijalarga erishishlariga sabab bo'ladi. Izlanishlarga ko'ra mashg'ulotlar vaqtida bolalarga alohida, tarqoq ma'lumotlar etnas, balki aniq tartibdagi bilimlar berilsa, barcha bolalarda matematikaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat hodisalariga bo'lgan qiziqish kerakli me'yorda shakllanadi. Bu bilimlar bolalarga voqelikni barcha sohasiga xos bo'lgan hodisalarni asosiy bog'liqligini tushuntirib berishi kerak. Matematika sohasida bu o'lchovni o'lchanuvchiga, qismni butunga, birlikni ko'plikga bo'lgan bog'liqligidir. Til sohasida esa so'z tuzilishini uning ma'nosiga bog'ligligi, jonli tabiat sohasida hayvonlarni va o'simliklarni tuzilish xususiyatlarini yashash sharoitiga bo'lgan bog'liqligidir va h.k..
Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bilan tanishuvdan so'ng bolalar ularni ayrim hollarda namoyon bo'lishini katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar ko'z o'ngida atrof-muhitning notanish qirralari ochiladi va ular ta'limni ajoyib kashfiyotlarga yo'l ekanligini tushunadilar.
O'qish va doimo yangi bilimlarga ega bo'lish istagi bolalarda barqaror va aniq qiziqish uyg'otadi. O'qish qobiliyati avvalo o'quv topshirig'ini bilim olish uchun bajarilayotgan topshiriq sifatida tushunishni, bu topshiriqlarni amaliyotdan, xayotiy vaziyatlardan ajrata olishni taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bola ba'zida matematik masalani eshitgach, uni yechish yo'llariga emas, balki masaladagi tavsiflangan vaziyatga qiziqish bildiradi. Shu sababli u masalani yechishdan bosh tortadi: «Oyisi to'rtta konfet yeb, ikki-tasini o'g'liga bersa, birgalashib nechta konfet yeyishgan bo'ladi?». Bunday «adolatsiz» tasvirlangan masaladan achchiqlangan bola: «Nimaga Valiga buncha oz konfet beradi? Teng bo'lishishi kerak edi», - degan savolni beradi. Boshqa hollarda bola tezroq javob olish ilinjida o'ziga tanish bo'lgan taxminiy qo'shuv va ayiruv amallaridan foydalanadi. Ikkala holda ham bilim olishga intilish yo'qligi ko'rinadi. Masala shartlarida tasvirlangan vaziyat, xayotiy vaziyatni tasviri bo'Iganligi uchun muhim emas, balki masalalarni to'g'ri yechishni o'rganish uchun oddiy material ekanligini bola tushunishi kerak. Masalani yechish mazmuni uni javobini tez topishda emas, balki shartlardan kelib chiqqan holda, qaysi arifmetik amalni qo'llash lozimligini aniqlashda va bu mahoratdan keyinchalik ham foydalana olishidadir.
Kichik va o'rta maktabgacha yoshdagi bolalar odatda berilayotgan bilim va ko'nikmalar o'yinda, rasm chizishda yoki boshqa ularni o'ziga jalb qiluvchi harakatda darhol qo'llansagina, o'quv topshiriqlarini qabul qiladilar.
Maktab yoshiga yaqinlashgan bolalarda maxsus tashkillashtirilgan o'quv sharoitida o'quv topshiriqlarini o'zlashtirilgan materiallarni darhol amalga oshirish imkoniyati bilan bog'lamasdan qabul qilish qobiliyati paydo bo'ladi. Bilimni kelajakda «foyda keltiradigan» qilib o'zlashtirish imkoni paydo bo'ladi.
Didaktik o'yinlar.
Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, didaktik o'yin (loto, rasmli ku-biklardan har turli ko'rinishlar chiqara bilish, son-sanoq, mozaika, shashka, topishmoqlar kabi) maktabgacha yosh davrida oddiy o'quv topshiriq usuliga ko'ra bilim olishning samaraliroq yo'lidir, didaktik o'yinlar ko'pincha turli vazifalar bilan bog'liq bo'lgan qobiliyatlar va tafakkurlarning rivojlanishiga yordam beradi. Bu jihatdan didaktik o'yinlar katta guruh bolalarini maktabdagi o'qish faoliyatiga tay-yorlash vositalaridan biridir. Biroq shu narsani eslatib o'tish kerakki, bolalarning o'qish faoliyati bevosita didaktik o'yinlardan kelib chiq-maydi. Ammo kichik va o'rta maktab yoshida didaktik o'yin asosiy o'rin egallasa, katta bog'cha yoshi davrida bu farq ancha pasayadi. Bu bolalarni o'quv topshiriqlarini qabul qilish qobiliyati oshayotganini bildiruvchi ko'rsatkichdir. Bu bolalarni amallarning bajarilish usullariga e'tibor bera boshlashi, ularni o'quv topshiriqlarini mazmunini tushuna boshlaganini bildiradi. Ular ongli ravishda bu usullarni egallashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar biror maqsadga qaratilgan kuzatuvlarni, predmetlarni tasvirlashni, qiyoslashni va ularni guruhlarga bo'lishni, hikoya va suratlarni mazmunini bir-biriga bog'lagan holda gapirib berishni, arifme-tik masalalarni hisob va yechim yo'llarini topishni va hokazolarni o'rganadilar. Masalalarni to'g'ri bajarilishi va kattalar tomonidan qo'yilgan talablar amalga oshishi muhim ma'noga ega bo'ladi. Bunday hollarda bolalar kattalarga bajarilgan u yoki bu o'quv topshiriqlarini to'g'riligini baholashlarini so'rab tez-tez murojaat qiladilar. Masalan, maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar masofaviy aloqani aniq tasvirlashni o'rganish jarayonida, bir necha marta tarbiyachiga murojaat qiladilar: «Meni chizayotganim o'xshayaptimi, iltimos, ko'rib bering?»; «Burchagi burchagiga to'g'ri kelishi kerak, bu uchburchak narigisini to'g'risida bo'lishi kerak. To'g'rimi?».
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati. Bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida tasvirlash faoliyatlarining roli kattadir. Bog'cha yoshidagi bolalar rasm chizish, loydan yoki plas-tilindan turli narsalarni yasash, kubiklardan imoratlar, ko'priklar qurishni juda yoqtiradilar. Bolalar o'zlarining tasvirlash faoliyatlarida qandaydir g'ayri-tabiiy, xayoliy narsalarni emas, balki tashqi muhitni, undagi narsalarni, jonivorlarni aks ettirishga intiladilar. Bolalarning bunday faoliyatlarida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlari bo'ladi. Bolalar o'zlaridagi istak, xohish, intilishlarni ana shunday tasvirlash, rasm chizish, loy yoki plastilindan biron narsa yasash, applikatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo'lsada, ular o'zlarining bunday faoliyatlarida atroflaridagi narsa va hodisalarni shunchaki passiv tasvirlash bilan cheklanib qolmay, o'zlaridan nimalarnidir qo'shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Ana shuning uchun bolalardagi ayrim qobiliyatlar ularning tasvirlash faoliyatlarida juda erta namoyon bo'la boshlaydi.
Ma'lumki, odam tug'ilishi bilan rassom, haykaltarosh, naqqosh bo'lib tug'ilmaydi. Odamdagi bunday qobiliyatlar uning yoshligidan tasvirlash faoliyati bilan shug'ullanishi jarayonida yuzaga ke-lib, takomillashib boradi. Masalan, biz chaqaloq bolalarda hech qanday tasvirlash faoliyatini ko'rmaymiz. Bunday faoliyat bolaning taxminan ikki-ikki yarim yoshidan boshlab yuzaga keladi. Chunonchi, ikki yoshli bola qalam bilan (to'g'ri kelganicha ushlab olib) nimalarnidir chizib tashlaydi va o'zining egri-bugri chiziqlarini «bu daraxt», «bu odam», «bu uy», «bu mushuk» deb tushuntiradi. Bu yoshdagi bolalar rasm chizayotganlarida biron narsani tasvirlashni maqsad qilib olmaydilar. Keyinchalik chizgan chiziqlariga qarab, miyalariga kelgan birinchi nom bilan ataydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlaridagi bu davr tayyorgarlik davri deb ataladi.
Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan o'rta va katta guruhdan boshlanadi. Lekin bu davrdagi tasvirlash faoliyatlari ham ko'p jihatdan sxematik xarakterga ega bo'ladi. Masalan, bolalar odamning rasmini chizganlarida bitta kichik va bitta kattaroq doira chizib, shundan qo'l va oyoqlarni chiqaraveradilar. Ular rasm chizganlarida yoki biron narsaning haykalini yasaganlarida hajm, perspektiva masalalariga mutlaqo rioya qilmaydilar. Ana shuning uchun ularning chizgan rasmlari hajm (o'lchov) jihatidan juda katta yoki juda ham kichkina bo'lishi mumkin. Buning sababi nimada?
Birinchidan, bog'cha yoshidagi bolalarda katta odamlardagi-dek kuzatuvchanlik qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo'ladi va ular chizayotgan rasmlaridagi obyektlarni real voqelikdagi haqi-qiy narsalar bilan solishtirmaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan tasavvurlariga asoslanadi. Masalan, 4-5 yoshli bog'cha bolasiga onasining rasmini chizish taklif qilinganda, u biron marta ham onasiga qaramay, rasm chiza boshlagan. Undan nega onangga qaramading, deb so'raganlarida, u o'zim juda yaxshi bilaman, deb javob bergan.
Bog'cha yoshidagi bolalar tasviriy faoliyatining shu qadar sodda bo'lishiga ikkinchi sabab ularda ayrim murakkab harakat malakalarining hali yuzaga kelmaganligidir. Bundan tashqari bog'cha bolalari tasvirlash faoliyati bilan shug'ullanayotganlarida tasvirlayotgan narsalarini real voqelikdagi narsalarga o'xshatishni maqsad qilib qo'ymaydilar. Ular tasvirlash faoliyatini ham o'yin tarzida o'tkazadilar. Ularni tasvirlash faoliyatining natijasi emas, balki tasvirlash faoliyatining o'zi qiziqtiradi, xolos. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari rejali, izchil ravishda emas, balki stixiyali ravishda tashkil qilinadi. Ana shuning uchun bola bunday faoliyat davomidayoq voqelikni chuqur va to'la kuzatmay, o'z tasavvurlarigagina asoslanib qo'ya qoladi.
Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini izchil tarzda tashkil qilib, bu ishni pedagogik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'ysa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga bo'lgan munosabatlari o'zgaradi. Bolalar oldiga qat'iy bir maqsad qo'yib, ana shu maqsadni amalga oshirish buyurilsa, bolalar tasvirlash faoliyatini o'yinga ay-lantirmay ishga nisbatan jiddiy munosabatda bo'la boshlaydilar. Masalan, bayram o'tgandan so'ng bolalarga bayram rasmini chizish taklif etilsa, ular bu vazifani bajon-u dil bajaradilar.
Bog'cha yoshidagi bolalarni aqliy, axloqiy va, xususan, estetik jihatdan tarbiyalashda tasvirlash faoliyati juda katta yordam beradi. Shuning uchun ham bog'cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini har doim maqsadga muvofiq ravishda pedagogik jihatdan to'g'ri va qiziqarli tashkil qilishga e'tibor bilan qarash zarur.
Bog'cha yoshidagi bolalar rangli qalamlar, rangli bo'yoqlar bilan rasm chizish va rangli qog'ozlardan turli applikatsiyalar tuzish bilan uzoq muddat davomida shug'ullanishni yoqtiradilar. Lekin bolalarning ranglarga bo'lgan munosabatlari o'ziga xosdir. Ular o'zlariga yoqqan narsalarni juda yorqin, chiroyli ranglar bilan bo'yaydilar, o'zlari yoqtirmagan narsalarni esa qora, to'q jigarranglar bilan bo'yaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari ularning xayol va hissiy jarayonlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki ular qanday tasvirlash faoliyati bilan mashg'ul bo'lmasin ishlariga befarq munosabatda bo'lmaydilar. Tasvirlash faoliyati orqali qilgan ishlarini, chizgan rasmlarini ko'zga ko'rinadigan joyga namoyish qilib qo'yadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning qurish-yasash mashg'ulotlari ularning kuzatuvchanligi va tafakkurining rivojlanishida alohida ahamiyatga egadir. Qurish-yasash o'yinlari hamisha ma'lum maqsadga qaratilgan o'yinlar bo'lib, bolalardan murakkab o'quv, malaka va bilimlarni talab qiladi. Qurish-yasash o'yinlarida bolalar turli narsalarning detallari (ya'ni ayrim qismlari) faqat tashqi tomondangina emas, balki ichki tomondan ham o'zaro uzviy bog'liqligini bilib oladilar.
Odatda biron narsani qurish-yasashga kirishishdan, ya'ni konstruksiyalashdan oldin uni sinchiklab qarab chiqiladi va diqqat bilan idrok qilinadi. Undan so'ng kerakli qismlarni to'plab ishga kirishadilar. Qurish-yasash o'yini rasm chizish yoki applikatsiyaga nisbatan bolalardan butunlay boshqa malaka va o'quvlarni talab qiladi. Shuning uchun qurish-yasash ishlari bilan bolalar juda qiziqsalar ham ilk yoshdagi bolalar bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Ularga ayrim malakalar, epchillik, tajriba yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalar yog'och va taxtachalarni ustma-ust qo'yib, ko'prikka o'xshagan narsalar yasashdan nariga o'ta olmaydilar. Kattaroq yoshdagi bolalar esa rasmga (andazaga) qarab turli narsalar yasashni uddasidan chiqa oladilar. Odatda qurish-yasash faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi:
Qurish-yasash ishlari.
a) andazaga qarab qurish-yasash;
b) ma'lum shartlar yoki ko'rsatmalar asosida qurish-yasash;
d) tasavvurlar asosida qurish-yasash.
Qurish-yasash ishlari bilan bolalar yolg'iz o'zlari va jamoa bo'lib shug'ullanishlari mumkin. Har ikki holda ham qurish-yasash faoliyati bolalarning idroki, diqqati, kuzatuvchanligi, xotirasini hamda tafakkur qilish jarayonlarini rivojlantirishga yordam beradi. Tarbiyachilar qurish-yasash o'yinlarini tashkil qilishda bolalarga ko'rsatma va yo'llanma berishi kerak. Kattalar bolalarning ishini baholashi, boshqa bolalarni ish jarayoni va natijasi bilan qiyoslashi, bolani o'z harakatlarini to'g'ri nazorat qilishiga va o'z bilim va imkoniyatlarini baholashiga sabab bo'ladi. Bajarilgan o'quv topshirig'iga nisbatan bolalarda o'zini nazorat qilish va baholash ko'nikmalari yuzaga keladi. Ko'p hollarda maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar o'zlari istamagan holda, oson tuyilgan topshiriqlarni bajaradilar, va bola nuqtayi nazaridan qaraganda, erishilgan bilim va qobiliyat darajasiga mos keladigan natijaga intiladilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlari. Maktabgacha yoshda mehnat elementlari
Bolalarning mehnat mashg'ulotlari asosan bog'cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo'lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o'tkazgan suhbatlari orqali mehnatning inson hayotidagi ahamiyati, kattalar mehnati haqida tushunchalarni egallaydilar. Bolalar tarbiyachining savollari bilan o'z ota-onalarining qayerda, kim bo'lib ishlayotganliklarini, qanday mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etayotganliklarini bilib oladilar.
Ana shunday suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug'iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o'yinlarida namoyon bo'ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o'zlarining o'yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar onalari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalarni (dastro'molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilarni yig'ishtirib, supurishga, o'g'il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar mehna-tining natijasiga emas, balki mehnat jarayonining o'ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterligidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnatlariga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o'ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko'p xatolarga yo'l qo'yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalar bajaradigan ishni kattalarning o'zlari birpasda qilib qo'yishlari mumkin, degan ma'no kelib chiqmaydi. Sharq xalqida bir maqol bor: «Bolani ishga buyur, ketidan o'zing yugur». Bu juda to'g'ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklarini kuzatib turish kerak, degan ma'noni bildiradi.
Kichik yoshdagi bolalarda hali mehnat malakalari yo'q, qo'l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki aniqovliklaridan emas, balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib, singdirib yuborishlari mumkin. Ana shunday «falokat» yuz bergan paytda bolani «Anqov, merov, ko'zingga qarasang bo'lmaydimi?» deyish yoki urish yaramaydi. Buning o'rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko'rsatib berish kerak. Kichik yoshdagi bog'cha bolalari o'zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo'lga qo'ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya'ni o'simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug'ullanadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo'lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma'lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar birgalikda mehnat faoliyati bilan shug'ullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo'lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxonlarni yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo'yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo'yib chiqsa, to'rtinchi bola stolga nonlarni qo'yib chiqadi. Bog'chada navbatchilikka o'rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo'ladilar. Bolalar bunday mehnatda jon-u dili bilan qatnashadilar.
O'rta va katta yoshdagi bolalarga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularda mehnat malakalari hosil bo'lishi uchun imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo'ladi. Bog'chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o'simliklarni parvarish qilish, bog'cha uchastkasida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylar-ni kiyintirishga yordam berish va boshqalar.
O'rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o'yindan bata-mom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo'la boshlaydilar. Ular mehnat dan kelib chiqadigan natijani, ya'ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lo-zimligini tushunadi. Ular kattalarning oiladagi uy-ro'zg'or ishlariga zo'r ishtiyoq bilan yordamlashadilar, kichkintoylar uchun qog'ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o'yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama jismoniy, psixik, estetik, axloqiy tomondan rivojlanishiga juda katta ta'sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |