1-variant
1. Qutida 5 ta bir xil buyum bo‘lib, ularning 3 tasi bo‘yalgan. Tavakkaliga 2 ta
buyum olinganda ular orasida:
a) bitta bo‘yalgan bo‘lishi;
b) ikkita bo‘yalgan bo‘lishi;
c) hech bo‘lmaganda bitta bo‘yalgan bo‘lishi ehtimolini toping.
2. Bir savatchada 3 tа olma vа 4 tа nok, ikkinchi savatchada esа 5 tа olma va 4 tа
nok bor. Birinchi savatchadan tаvаkkаligа 2 tа meva olinib, ikkinchi
savatchagа solindi, so‘ngrа ikkinchi savatchadаn tаvаkkаligа bittа meva olindi.
Olingаn mevaning olma bo‘lish ehtimolini toping.
3. Institutning yoshlar kengashiga rais va ikkita o‘rinbosar
tayinlash uchun
institut talabalaridan raxbariyatga 10 ta nomzod taklif etildi. Ulardan 6 tasi
o‘g‘il bolalar. Tayinlanganlarning uchchalasi ham o‘g‘il bolalardan iborat
bo‘lish ehtimolini toping.
4. “Xalq banki” mijozlari uchun yutuqli lotariya o‘yinini
tashkil qilib, birqancha
lotariya chiqardi. Lotariyadan yutish ehtimoli 0,01 ga teng. Agar bank
mijozlaridan biri 200 ta lotariya olgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi yutuqli bo‘lish
ehtimolini toping?
5. Birinchi yashikda 3 ta oq, 5 ta qora, ikkinchisda esa 3 ta oq, 4 ta qora shar bor.
Birinchi yashikdan tasodifiy tarzda 2 ta shar olindi va ikkinchi yashikka
solindi, so‘ngra ikkinchi yashikdan 1 ta shar olindi. Bu shar ichida oq sharlar
sonidan iborat tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
6. Quyidagi taqsimot qonuni bilan berilgan tasodifiy miqdorning sonli
xarakteristikalarini hisoblang.
X
3 5 7 9
P
0,2 0,5 0,2 p
7. Tanlanmaning quyidagi taqsimoti bo‘yicha uning poligonini
yasang va empirik
funksiyasini toping.
:
i
x
4 8 9 15 17
:
i
n
4 3 4 5 4
8. Tanlanmaning berilgan taqsimoti bo‘yicha tanlanma o‘rtacha, tanlanma
dispersiya va tanlanma o‘rtacha kvadratik chetlanishni toping.
:
i
x
110 120 150 170
:
i
n
4 3 3 4