Mavzu: mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаrni tаrbiyalаshning pеdаgоgik-psiхоlоgik хususiyatlаri



Yüklə 4,8 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200349
Mixliyeva Oybarchin


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 203-guruh talabasi Mixliyeva Oybarchinning Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.
Mavzu: MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BОLАLАRNI TАRBIYALАSHNING PЕDАGОGIK-PSIХОLОGIK ХUSUSIYATLАRI
Bog'cha yoshidagi davrda bolaning barcha psixik jarayonlari jadal rivojlana borib, uning tashqi muxit bilan bo'ladigan munosabatlarida anchagina o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bir tomondan, bola bog'cha yoshiga etgach, kattalarning doimiy yordamlaridan anche ozod bo'lib, ulardan bir qadar uzoqlashadi, ikkinchi tomondan, kattalar bilan bean munosabatan murakkab, ko'p tomonlama xarakter kasb eta boshlaydi. Bog'cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida ularda paydo bo'ladigan xilma-xil extiyoj va qiziqishlar bolalarni u yoki bu xarakatga undovchi, ularni ishga soluvchi (omil) hisoblanadi.
Ma'lumki, ilk yoshdagi bolalarda (yangi chaqaloqlarda) asosan organik ehtiyojlar (masalan: ovqatlanish, tashnalikni qondirish, uxlash kabi)lar mavjud bo'ladi. Bolaning faoliyat doirasi kengaygan sari, atrofidagi narsalarni bilishga qaratilgan extiyojlari ham orta boradi. Bunga sabab bolada turmush tajribasining ozligidir.
Har bir narsa bola uchun yangilik bo'lib tuyuladi va bola uni har tomonlama bilib olishga intila boradi. Shuning uchun xam ular juda ko'p savollar beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida bog'cha muhiti juda katta roli uynaydi. Bog'chadagi tartib, intizom va turli-tuman ta'limiy mashg'ulotlar bolalarda yuksak ijtimoiy, intellektual, axloqiy va gigiyenik extiyojlarning uyg'un ravishda yuzaga kelishi uchun sharoit tug'diradi. Psixologiya nuqtai nazaridan qaraganda, odatlar o'z mohiyati jihatidan ehtiyojga yaqin narsalardir.
Boshqacha qilib aytganda, turlicha odatlar kundalik hayotda takrorlana berishi natijasida vujudimizga juda singib ketib, extiyojga aylanib qoladi. Shuning uchun bolalarda ijobiy va foydali extiyojlarni tarbiyalash deganda ularda ijobiy va foydali odatlarni xosil qilishni tushunamiz. Bog'cha yoshidagi davrda xosil qilingan mustaxkam ijobiy odatlar (extiyojlar) kishining butun umri davomida saqlanib qoladi. Bog'cha yoshidagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida qiziqishning ham roli g'oyat kattadir. Qiziqish, xuddi extiyoj kabi, bolani biror faoliyatga undovchi (xarakatga soluvchi) omillardan biridir.
Qiziqish deganda, biz voqelikdagi narsa va xodisalarni birmuncha chuqurrok bilishga qaratilgan maxsus intilishni tushunamiz. Demak, qiziqish bilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan xar bir shaxsning murakkab sifatidir. Bog'cha yoshidagi bolalar xamma narsalarga birdek qiziqa bermaydilar. Ular ayrim narsalarga ko'proq, boshqa bir narsalarga kamroq qiziqadilar. Lekin bogcha yoshidagi bolalarning qiziqishlari katta odamlardagi kabi bir narsaga nisbatan qat'iy xamda mustahkam bo'lmay, bir narsadan ikkinchi bir narsaga tez-tez o'tib turadi.
Bundan tashqari, bog'cha yoshidagi bolalarning qiziqishlari juda tarqoq va yuzaki bo'ladi.
Ular narsa va xodisalarning moxiyati yoki natijalariga emas, balki shu narsa va xodisalarning oʻzigagina qiziqadilar. Shu sababli bog'cha yoshidagi bolalarda asosan beqaror va bevosita qiziqishlar ustun turadi. Tarbiyachi bog'chada turli mashg'ulotlar, ekskursiyalar, suhbatlar o'tkazish va kitoblar.
Etiboringgiz uchun rahmat
Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin