II-bob. Tadbirkorlik faoliyati
2.1 Kichik va o ‘rta biznesni tashkil etish
Kichik biznesda tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli bu yakka
xususiy tadbirkorlikdir. Xususiy tadbirkorlik— xo‘jalik yuritishning shunday
tashkiliy-huquqiy shakliki, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va
faoliyatidan kelgan daromadni (turli to‘lov va soliqlar to‘laganidan keyin)
hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf-xatar va tavakkalchilik uchun
yakka o‘zi javob beradi.
Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, umumiy ovqatlanish
sohasida, m aslahat sohasidagi biznesda, maishiy xizmatda, fermerchilikda,
tibbiyotchilik amaliyotida va hunarmand- chilikda ko‘proq uchraydi. U ikki xil k o
‘rinishda tashkil qilinishi mumkin:
a) individual — ya’ni korxona tashkil qilmasdan va
b.) xususiy korxona — ya’ni yuridik shaxs tashkil qilgan holda.
Xususiy tadbirkorlikning afzalliklari: — ishni tashkil qilishdagi oddiylik, to
‘la mustaqillik, harakat- dagi erkinlik va tezkorlik. Tadbirkor biror qaror qabul
qilishida yuqori tashkilotlarga murojaat qilishning yoki sheriklar roziligini
olishning zarurati yo‘q; — ishga qiziqtiruvchi sabablaming ko'pligi, chunki barcha
foyda faqat mulkning yolg‘iz egasiga kelib tushadi va u ko‘proq ishlashga
rag‘batlanadi, ish ustidan kerakli nazorat oTnatish, ehtiyotlik bilan qaror qabul
qilish va ish ko‘lamini yanada kengaytirishga intiladi; — konfidensiallik (ishdagi
maxfiylik) saqlanadi.
Ba’zi bir biznes tu rlarid a m axsus uslub, y o ‘llar, texnologiyalar
tadbirkorlik faoliyatining asosiy boyligini (kapitalini) tashkil qiladi. Xususiy
tadbirkorlik maxfiylikni saqlashga imkon yaratadi va h.k.lar.
Xususiy tadbirkorlikning kamchiliklari:
— zaif moliyaviy poydevorga egiladi. Bu katta miqdordagi kapitallarni jalb
qilishdagi qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi;
— xo‘jalik faoliyatida xavf-xatar va tavakkalchilik yuqori darajada
bo‘lganligi sababli faoliyat davomiyligining noaniqligi;
— barcha xo‘jalik faoliyati uchun cheklanmagan javobgarlikning hukm
surishi;
— yakka xo‘jalik mulkining mulkni boshqa shaxsga (masalan, boshqa oila
a’zolariga) berishda noqulayligi — ixcham emasligi",
— mulk egasining o ‘limi, mehnatga noloyiq bo‘lib qolishi yoki ishdan
chetlanish hollari yuz berganda, yakka xo'jalik mulki tarkibini saqlab qolishning
mushkulligi.
Yuqorida keltirilgan kam chiliklarni bartaraf etish niyatida ishbilarmonlar
mol-mulki, kasb yoki kapitallarini qo‘shib birlasha- dilar. 0 ‘rtoqliklar, kom m
andit, to ‘la va chala shirkatlar.
Kichik biznesda ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun har xil
shakldagi shaxslar birlashuvi ichida eng oddiysi o'rtoqlik, ya’ni shirkatchilikdir.
O ‘rtoqlik — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkini umumiy manfaatni
ko‘zlovchi maqsadlardagi tadbirkorlik harakatini uyushtirish birlashuvidir.
U shartnom a asosida tashkil qilinadi,
uning qatnashchilari aw alo o ‘zining
va boshqa a ’zolarning manfa- atini ko‘zlab harakat qiladilar. 0 ‘rtoqlikning,
asosan, u c h ta turi mavjud: chala (oddiy), to ‘la va &0w/Mtf/76f/7shirkatchiligi.
Chala (oddiy) shirkatchilik — bu ikki va un d an k o ‘p shaxslaming
shartnomaviy birlashuvi bo‘lib, unda mulk va tadbirkorlik harakatlari umumiy
shirkatchilik manfaatiga erishish maqsadida birlashadi. Ushbu biHashish shaklida
tashkilot umuman boMmaydi, chunki shirkatchilik sheriklari har biri alohida
harakat qiladi.
To ‘la shirkatchilik — bu shartnoma asosida ikki va undan ortiq shaxslaming
umumiy maqsadga erishish uchun o‘z mulklari va tadbirkorlik kuchlarini
birlashtirishga asoslangan kelishuvidir.
To’la shirkatchilikda ham xuddi chala (oddiy) shirkatchilikka o‘xshab, uning
egalari manfaatining birligi seziladi. Agar chala (oddiy) shirkatchilikda umumiy
manfaat maxfiy namoyon boMsa, toMa shirkatchilikda uchinchi shaxslar bilan
boMadigan barcha munosabatlarda umumiy shirkatchilik manfaati aniq ko‘rinib
turadi.
Kommandit shirkatchiligi — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkni va
tadbirkorlik harakatlarini umumiy maqsadga erishish niyatida birlashtirishga
asoslangan shartnomaviy kelishuvi boMib, bunda sheriklar ichida kam ida bittasi
kreditorlar oldida to'la (cheklanmagan) javobgarlikka , yani bittasi cheklangan
javobgarlikka ega bo’lmog’i kerak. To’la javobgar shaxslar haqiqiy a’zolar
cheklangan javobgarlar omonatchi— a’zo yoki kommanditlardcb ataladilar.
Kommanditlar kreditorlar oldida o ‘zi- ning shaxsiy mulki bilan emas, balki
umumiy mulkka qo'shgan hissasi bilan javobgar bo’ladi.
Sirdaryo viloyatida yangi tashkil etilgan kichik korxonalar
2023-yil yanvar mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha eng ko’p
kichik korxona va mikrofirma qishloq xo’jaligi sohasida 296 ta savdoda 196 ta
hamda sanoatda 59 ta yangidan tashkil etilgan.
Viloyatning tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda , eng ko’p kichik
korxona va mikrofirma Guliston shahrida 121 ta, Sardoba tumanida 115 ta hamda
Oqoltin tumanida 99 ta yangidan tashkil etilgan.
0‘zbekistonda ishlab chiqilgan jahon moliyaviy inqiroziga qarshi choralar
dasturida aw alo iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o ‘rinlarini tashkil qilish,
bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda
tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish, rag‘batlantirish va qoilab-quw atlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanayotgan davlatning asosiy vazifalaridan
biri bo‘lgan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivodlantirish uchun hukumat
tomonidan ko‘plab imtiyozlar berildi. Shu imtiyozlardan kichik biznes va
tadbirkorlik subyektlari samarali foydalanib, tez sur’atlar bilan tadbirkorlar soni va
mahsulot yetishtirish hajmi ortib bormoqda. 2010- yilda ijtimoiy iqtisodiyot
ko‘rsatkichlaridan biri YAIMga nisbatan tadbirkorlar ulushi 31 foizdan 53,5 foizni
tashkil etdi.
Davlat rivojida asosiy faktor kichik biznes va tadbirkorlik boiib, avvalo ish
o‘rinlarini va daromadni ko‘paytirishga manba b o iib xizmat qildi. 0 ‘zbekiston
Respublikasining mustaqilligiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan kichik biznes va
tadbirkorlikning shakllanishi ko‘p bosqichlami bosib o‘tdi. Har bir bosqich (etap)
o‘ziga xos maqsad, yo‘nalish, siyosat, islohot masalalari hamda natijalari bilan
ajralib turadi, Shunday iqtisodiy qonunlar, huquqiy-me’yoriy baza va mexanizmlar
tufayli kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga moddiy yordam berildi va
rag‘batlantirildi. Respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojalanishini 4
davrga bolam iz: Birinchi davr (1991-1995-y.) xususiy biznes va tadbirkorlikning
qonuniy asoslari va davlat mulkini xususiylashtirib kichik biznesda mulkchilik
shakllandi.
Kichik biznes subyektlarini rivojlantirish uchun uni rag‘batlantirish va
davlat tomonidan qoilab-quw atlash to‘g‘risida Prezident farmoni va dasturlar
qabul qilindi. Bundan kichik biznes bilan shug'ullanadiganlarga daromaddan soliq
tolovlam i kamaytirishga erishildi. Davlatning kichik biznes va tadbirkorlik
rivojlanishidagi maqsadi aw alo ish o'rinlarini ko‘paytirish va ish bilan
ta’minlashga qaratilgan bo'lib, 1995-yilda 441 ming ishsizlar ish bilan ta’minlandi.
Bu Hamdo‘stlik davlatlari o'rtasida eng yuqori ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi. 1995-
yilning oxiriga borib kichik korxonalar va mikrofirmalar soni 42,4 ming dona yoki
1991-yilga nisbatan 4,1 martaga oshdi. YAIM ulushi 1991-1995-yillarda 1,5
foizdan 16,9 foizga o'sishi respublika iqtisodiyotida asosiy yutuqlardan biri bo'ldi.
Ikkinchi (1996-2002-y.) davrda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni kengaydi,
bozor infratuzilmalari takomillashib, birinchilardan bo'lib tijorat banklari, moliya
institutlari (kredit birlashmalari) tashkil bo'ldi. Kichik biznes va tadbirkorlikka
eksport mahsulotlariga maxsus chetga chiqarish uchun imtiyozlar berildi.
Qonunchilik organlari tomonidan yangi zamanoviy m e’yoriy hujjatlar qabul
qilinib, boshqarish tizimi, bozor infratuzilmasi tubdan o'zgardi. Tadbirkorlik
korxonalarini ro'yxatga olish, iqtisodiyotda kichik biznes va tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini erkin yuritish, davlat tomonidan kreditlash, sug'urtalash
hamda imtiyozli kredit olish huquqi berildi. Mamlakatimizda kichik biznes va
tadbirkorlik faoliyatining o'sish darajasi ijtimoiy - iqtisodiyda o'zining ijobiy
ko'rsatkichlari bilan o'rin oldi. Masalan, 1995-yilda YAIMda kichik biznes va
tadbirkorlikning ulushi 16,9 foiz bo'lgan bo'lsa 2002-yilga kelib bu ko'rsatkich 35,5
foizga oshdi. Bundan tashqari 2002-yilda kichik biznes va tadbirkorlikning xissasi
sanoatda 15,4 foiz, qishloq xo'jaligida 74,9, tovar aylanmasida 43,4 pullik xizmat
ko'rsatishda 41,3 foizni tashkil etdi.
Yuridik shaxslar soni 5 marta yoki 215 ming donaga ortdi. 2002-yilda kichik
biznes va tadbirkorlik faoliyati bilan band bo'lganlar sonining o'sishi 4964,6 ming
kishiga yoki barcha band bo'lganlarga nisbatan 54,5 foizni tashkil etdi. Uchinchi
davr (2003-2008-y.) kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi ishlab
chiqilib, unda texnika va texnologiya bilan qurollanish, modemizatsiyalash, sanoat
qurilishi va yangi tizimi shakllandi.
Tadbirkorlikni rag'batlantirish to'g'risida Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonda kichik biznes korxonaiari va mikrofirmalarga soliq stavkasinii 13-10
foizga kamaytirish, ishlab chiqarish va servis xizmat ko‘rsatishga imtiyozli
kreditlar berish, korxonani ro‘yxatga olish hujjatlarini yanada soddalashtirish,
korxona faoliyatini tekshirishlar soni qisqartirish ko‘zda tutilgan. Yirik korxonalar
tarkibida, o ‘z uyida shartnoma bilan ishlaydigan kasanachilik tizim shakllandi.
Yuqoridagi islohotlar tufayli YAIMda kichik biznes va tadbirkorlikning
iqtisodiy o‘sishi 2003-yilda 35 foiz bo'lgan bo‘lsa, 2008-yilda 48,2 foizni yoki
YAIM 1,4 foizdan 4,6 foizga ortidi. TVrtinehi davr (2009-yildan boshlab) kichik
biznes va tadbirkorlik rivojlanishi da jahon moliyaviy inqirozi va uning
oqibatlarini barataf etish, tadbirkorlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha dasturlar
qabul qilindi. Soliq stavkalari sanoat sohasida 2009-2010-yillarda 7 foizga, 2012-
yilda esa 5 foizga kamaytirildi. Bank kreditlaridan foydalanish muddatlari 12
oydan 18 oyga chiqarildi, bank resurslarini ko‘paytirilib unda imtiyozli fond
kreditini tashkil etildi.
Kichik biznesning rivojlanishida kichik tadbirkorlikdan kichik innovatsiya
korxonalariga o‘tildi, yangidan tashkil etilgan korxonalar soni ko‘paydi, faoliyat
yuritmayotgan korxonalar soni keskin kamaydi. 2010-yil Konstitutsiya kunida 201
1 -yil Prezident tomonidan “Kichik biznes va tadbirkorlik yili” deb nomlandi.
2012-yilda Respublika Prezidentining 2011-yil yakunlari va 2012-yilda 0
‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi m a’ruzasida, soliq yukini
kamaytirishga qaratilgan soliq siyositida 2011-yilda soliq yuki 1991-yil bilan
solishtirilganda yalpi ichki mahsulotga qaraganda qariyib 2 baravarga kamayib,
41.2 foizdan 22 voizga tushdi. 2011-yilda mikrofirma va kichik bizkes korxonaiari
uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamayishi
tadbirkorlaming investitsiya faoliyatinig kengayishiga xizmat qiladi. 2012-yilda
soliq stavkasi foizi 6 foizdan 5 foizga tushushi ko‘zda tutilgan.”Kichik biznes va
xususiy tadbirkolik yili” Davlat dasturi bo‘yicha kichik biznes va xususiy
tadbirkolikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratildi. mamlakat
yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulishi 2010- yildagi 52,5 foiz o‘rniga
54,0 foizga ko‘paydi. Davlatning makroiqtisodiy salohiyatini oshirishda kichik
biznes va tadbirkorlik subyektlarining hissasi yildan-yilga ortib borishini quyidagi
jadvaldan ko‘rib chiqamiz.
|