1.2 Iqtisodiy resurs sifatida tadbirkorlik
1.Qanday tovar va xizmatlar to ‘plamini jam iyat ehtiyojlari uchun, ulamni to ‘liq
qondirish uchun ishlab chiqarm oq zarur,mavjud resurslarning qanday qismini
ishlab chiqarish jarayoniga tortmoq zarur? Qisqacha aytganda, nimani va qanday
hajmda ishlab chiqarish zarur?
2. Qaysi korxonalar ishlab chiqarishda qatnashmoqlari va ishlab chiqarishlarini qay
yo‘sinda tashkil etishlari lozim. M ahsulotni qanday ishlab chiqarish kerak?
3. Ishlab c h iq arilg a n m ah su lo t q an d ay qilib alo h id a iste’molchilar
o‘rtasida taqsimlanishi kerak? Mahsulotni kim olishi kerak?
4. Iste’mol talablarining texnologiyadagi o‘zgarishlarga muvofiq tizim kerakli
o‘zgarishlarni amalga oshira oladimi?
Bu muammolar ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning
cheklanganligidan kelib chiqadi. Resurslarning cheklanganligi sababli iqtisodiyot
cheklanmagan hajmda tovar va xizmatlami ishlab chiqarishni ta’minlab bera
olmaydi. Shuning uchun iqtisodiyot doim tanlash oldida turadi, ya’ni iqtisodiyot
biror bir mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechadi, bundan maqsad boshqa
tovardan ko‘proq ishlab chiqarishdir. Resurslar cheklanganligi iqtisodiyotda bir
vaqtning o ‘zida ikki xil yoki zarur bo‘lgan barcha tovarlarni ishlab chiqarish
imkonini bermaydi.
Bozor tizimi to ‘qnash keladigan muammolarni tushuntirish uchun aw alo,
bozor tizimida resurslar va daromadlarning doiraviy aylanish modelini ko‘rib
chiqamiz.
Uy xo‘jaligi bevosita yoki bilvosita (mulkiga kiruvchi savdo- sanoat
korporatsiyalari orqali) iqtisodiy resurslarga egalik qiladi va ular korxonalarga
yetkazib beradi. Bizning modelda korxona oddiy tashkiliy tasvir deb olingan.
Darvoqe, uy xo‘jaligi bu bitta yoki undan ortiq shaxslardan iborat iqtisodiy
birlikdir.
Korxonalar resurslarni talab etadi, uy xo‘jaligi esa taklif etadi.
Korxonaning resurslarni sotib olishga sarflari xarajatlarni tashkil etadi, bir
vaqtning o ‘zida, uy xo‘jaligini (pul) darom adlar oqimini tashkil etadi.
Diagrammaning pastki qismiga qaraymiz, uy xo‘jaligi pul darom adlarini tovar va
xizmatlarni sotib olishga sarf etadi va u talabni aks ettiradi. Shu vaqtning o ‘zida
korxonalar resurslardan foydalanib, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradi va taklif
etadi.
Buning natijasida baho tarkib topadi.
Korxona nuqtayi nazaridan uy xo‘jaligining iste’mol sarflari ularning asosiy
darom adlarining manbayidir. Ushbu model — iqtisodiy faoliyat va qarorlarni
qabul qilish murakkab va bir-biri bilan chirmashib ketgan jarayon ekanligini
ko‘rsatadi. Demak, monetar iqtisodi tizim ida uy xo‘jaligi resurslar egasi sifatida
ulam i korxonalarga sotadi, undan olingan pul daromadlariga iste’mol sifatida
tovar va xizmatlarni sotib oladi. Tovarlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar
resurslarni sotib olishlari kerak, ularning tayyor mahsuloti esa uy xo‘jaligiga
ulaming iste’mol sarflari o‘miga sotiladi.
Pirovard natijada esa aniq iqtisodiy resurslar soat miliga qaram a- qarshi, pul
daromadlari va iste’mol xarajatlari esa soat mili bo‘yicha harakat qiladi. Ushbu
oqim lar bir vaqtda uzluksiz harakat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etish masalasi qanday
hal etilishini tushunish uchun aw alo, qay yo‘sinda resurslar tarm oqlar o'rtasida
taqsimlanishini ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.
Bozor tizimida mahsulotlarga yuqori darajada talab bo‘lgan foyda olayotgan
tarm oqlar va mahsulotlarga talab boMmagan, zarar ko‘radigan tarm oqlar bo‘ladi.
Bozor tizim ida zarar ko‘radigan tarm oqlar ishlab chiqarish resurslaridan m ahrum
bo‘ladilar, ular faoliyat ko‘rsatm aydilar (lekin ayrim tarm oqlar bundan m
ustasno). Ishlab chiqarishni tashkil etishning ikkinchi m asalasi, qaysi korxonalar
har bir tarm oqda ishlab chiqarishni amalga oshirishlari va qanday texnika ham da
texnologiyalarni qoMlashlari lozim?
Bozor iqtisodiyotida yuqori samara beradigan texnologiyani qoMlashni
xohlaydigan va bunga qodir bo‘lgan firmalar ishlab chiqarishni amalga oshirish
huquqiga egadirlar.
Jam iyatning rivojlanishi natijasida iste’m olchilam ing talabi, ishlab
chiqarish texnologiyalari, yetkazib berilayotgan resurslarning tarkibi o‘zgaradi.
Bozor tizimi ushbu o'zgarishlarga muvofiq resurslarni taqsimlashga tuzatish
kiritish orqali va ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlay oladi. Chunki
raqobatga asoslangan bozor tizimi tadbirkoriarga iste’m olchilam ing didlaridagi o
‘zgarishlari to ‘g‘risidagi xabam i yetkazadi, iqtisodiyot esa unga muvofiq
resurslarni taqsimlash jarayoniga tuzatishlar kiritadi.
Bozor tizim ining harakat qilishini, taraqqiy etishini tushunish uchun bir-biri
bilan bog‘liq o ‘zgarishlar, ya’ni texnika taraqqiyoti va kapital jam g^rish
masalalarini ko‘rib chiqmoq zarurdir. Bozor tizimi texnika taraqqiyotining
rivojlanishi, uning yutuqlarini hayotga tatbiq etishni rag‘batlantirib turadi.
Tadbirkor har doim raqobatning mayjudligi sababli korxonasini yuqori
samaraga ega bo‘lgan texnika va texnologiya bilan jihozlashga, shunga yarasha
yuqori malakaga ega bo‘lgan ishchilar yollashga, mehnatni ilmiy asosda tashkil
etishga harakat qiladi. Maqsad—yuqori foyda olish, raqobatda yutib chiqish.
A m m o tex n ik a ta ra q q iy o ti o q ib atid a ishlab ch iq arish
vositalarining miqdori oshib boradi. Qanday qilib bozor tizimi iqtisodiyotni ishlab
chiqarish vositalari bilan ta'minlaydi ? Bunga kapital jam g‘arish orqali erishiladi.
Texnika taraqqiyoti xarajatni talab etadi, ikkinchi tarafdan xuddi shu xarajatlar
tadbirkoriarga foyda keltiradi, uning kapitalining jamg‘arilishi oqibatida
ko‘payishga olib keladi. Boshqacharoq aytganda, kapital doim o harakatda bo‘ladi.
ya’ni olingan foydaning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirish, texnika bilan
jihozlarga sarf etiladi.
Raqobat ham katta aham iyatni kasb etadi; chunki uning iqtisodiy mavqeyini
mustahkamlab borgan tadbirkor yutib chiqishi mumkin. Hozirgi sharoitda
raqobatlasha oladigan qobiliyatga ega bo‘lgan kapitalning hajmi muttasil o ‘sib
bormoqda.
Talab deb, та ’lum daw mobaynida та 'lum narxda olinishi mumkin bo ‘Igan
tovarlar yoki xizmatlar miqdoriga aytiladi.
Talablar har xil bo‘lib, bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi o
‘zaro farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi.
Har bir iste’m olchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning
tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi.
Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga
bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Individual, ya’ni yakka talab ham , bozor talabi ham miqdor jihatdan
aniqlanadi. Lekin bu m iqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o
‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o ‘zgari- shiga bir qancha omillar ta’sir
qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni
quyidagi jadval m a’lumotlari asosida ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o ‘rtasidagi bog‘liqlik.
Jadval m a’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, tovarga narxning pasayishi
sotib olinadigan tovar miqdorining o ‘sishiga va aksincha, narxning o ‘sishi esa
uning miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi.
Narx bilan talab o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi qonun talab qonuni deyiladi.
Talab hajmining o ‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator
omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari
deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta ’sir korsatadi:
istemolchining didi, bozordagi iste’molchilar soni, iste’molchining daromadlari;
bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; kelajakda narx va daromadlarning о ‘zgarishi
ehtimoli
.
Talab narxga bog’liq bo’lmagan omillar ta’sirida o‘zgarsa, xuddi shu
narxdagi tovar boshqacha vujudga keladi.
Talab sohasidagi o ‘zgarish taklif tom onidan o ‘zgarish sodir bo'lishiga olib
keladi.
Taklif deb, ishlab chiqaruvchilarning та ’lum davrda, та ’lum narxda
sotishga tayyor bojgan tovarlari yoki xizmatlari hajmiga aytiladi.
Taklif bilan narx o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsional bogMiqlik mavjud.
Taklif qonuniga binoan boshqa sharoitlar o ‘zgarmagan holda taklif hajmi
o‘zgarishi bilan ishlab chiqaruvchilar ko‘proq tovarlar taklif etadilar, aksincha,
narx tushishi bilan esa taklif ham kamayib boradi.
Taklif hajmi zaxiralar, yangi quw at ishga tushirilganda, yangi ishlab
chiqaruvchilar ish yurita boshlashi bilan ortadi.
Taklif, narxga bog’liq bo’lmagan quyidagi omillar ta’sirida ham o‘zgaradi:
1) ishlab chiqarish xarajatlari;
2) bozorga yangi firmalar kirib kelishi;
3) boshqa tovarlar narxi o ‘zgarishi;
4) tabiiy ofat, urushlar.
Taklif grafigi.
Talab va taklif ta ’siri natijasida bozor narxi o ‘rnatiladi.
U talab va taklif egri chiziqlari D va S kesishgan nuqta bilan belgilanadi. Bu nuqta
muvozanat nuqtasi, narx esa muvozanat narxi deb ataladi. Xuddi mana shu nuqtada
narx ham, xaridor ham sotuvchi uchun m a’qul bo‘ladi.
Taklif ishlab chiqaruvchi та 'lum vaqt ichida ishlab chiqarishga qodir bo
‘Igan narxining har bir darajasida bozorga sotishga chiqarilgan mahsulotlar
miqdorini k o ‘rsatadi. Narx o ‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot
miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil
variantlari mavjud bo’ladi.
Talab va taklif shkalalari bizga turli narxlarda xaridorlar qancha tovar talab
qilishi, sotuvchilar esa qancha tovar taklif qilishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
Ammo ular qanday narx boMganida oldi-sotdi haqiqatan ro‘y berishini bizga m
a’lum qila olmaydi. Turli ikkita kuch birlashganida boshqacha bir hodisa ro‘y
beradi. Taklif bilan talabning o‘zaro munosabati oqibatida muvozanat narxi yoki
bozor narxi oTnatilishiga olib keladi. Bozor narxlari tovar va xizmatlar haqiqatda
pulga ayriboshlanadigan asl narxdir.
Bu hodisa qay tariqa ro‘y berishini muzqaymoqqa qarab talab va taklif
shakllarini birlashtiramiz
.
Har bir korxona, firma va qolaversa har bir shaxs o ‘z ishlab chiqarish
faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Bunga qanday qilib erishish
mumkin? Bunga umumiy javob shunday; korxona, firma va o‘z foydasi miqdorini
ko‘paytirishni maqsad qilib qo‘ygan har bir shaxs ishlab chiqarish jarayonini
shunday tashkil etishi lozimki, bir xil hajmdagi ishlab chiqaradigan tayyor
mahsulotga imkoni boricha kam ishlab chiqarish omillarini sarf etsin.
Tovarlar ishlab chiqarish va sotish jarayonida firma m a’lum xarajatlar
qilishga majbur bo’ladi. Xarajatlarning ikki turi — ochiq xarajatlar zimmaga
tushgan noaniq xarajatlarni ko‘rib chiqaylik.
Ochiq (aniq) xarajatlarga firmaning quyidagi ishlab chiqarish omillariga sarf
etgan xarajatlar kiradi; 1. M ehnat—ish haqi. 2. Yer - ijara. 3. Kapital—asosiy va
aylanma fondlarga xarajatlar. 4. Tadbirkorlik qobiliyatiga to‘lanuvchi haq.
Barcha aniq xarajatlarning yig‘indisi m ahsulot tannarxini bildiradi.
Bozor narxi bilan tannarx o ‘rtasidagi farq foydani ifodalaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga ochiq (aniq) xarajatlardan tashqari
zimmaga tushgan noaniq xarajatlar ham kiritiladi.
Zim m aga tushgan xarajatlar deb, firm a m ulki b o ‘lgan resurslarni
ishlatishdagi muqobil xarajatlarga (muqobil qiymat) aytiladi.
Bu xarajatlar firmalarning boshqa tashkilotlarga beradigan to‘Iovlariga
kiritilmaydi (masalan, tadbirkor o‘z kapitalini ishlab chiqarishga kiritgan bo‘lsa, u
bulami bankka qo‘yib, foiz ololmaydi).
Yer egasi renta toiam aydi, lekin yerda o‘zi ishlasa, u uni ijaraga berishdan
keluvchi qo'shim cha daromaddan voz kechadi.
Sof iqtisodiy foyda m ahsulot sotilishidan olingan yalpi darom addan barcha
xarajatlarni ayirib tashlash y o ‘li bilan aniqlanadi.
Aniq va zimmaga tushgan xarajatlar o ‘rtasidagi farqni bilib olib, biz foydani
aniqlashimiz mumkin.
Xarajatlar to ‘g‘risida fikr yuritar ekanm iz „boy berilgan imkoniyatlar
xarajati“ degan tushunchani bilishimiz kerak. „Boy berilgan imkoniyat xarajatiu
deb biror xil resursdan foyda olish maqsadida foydalanib, lekin yo‘lning to ‘g‘ri
tanlanmaganligi uchun boy berilgan daromadga aytiladi. „Foyda“ tushunchasining
ikki ko‘rinishi bo‘lib ular:
a) buxgalteriya hisobidagi foyda;
b) iqtisodiy foyda:
Buxgalterlik hisob-kitobidagi foydani aniqlashda mahsulotni sotishdan
kelgan pul tushumidan bevosita xarajatlar hamda ustama xarajatlar ayirilib
tashlanadi.
Iqtisodiy foydani aniqlashda buxgalterlik hisob-kitobidagi foydadan „boy
berilgan im koniyatlar xarajati“ ham ayirilib tashlanadi. Buni quyidagi misolda
ko‘rishimiz mumkin: Korxonaning jami pul tushumi = 10000 ming so‘m; —
bevosita xarajatlar (xomashyo materiallar, ish haqi, yoqilg‘i moylash materiallari
va h.k.) = 6000 ming so‘m;
— ustam a xarajatlari (ishlab chiqarishni tashkil etish va bosh- qarish
xarajatlari va h.k.) = 1000,0 ming so‘m;
— buxgalterlik hisobi bo‘yicha foyda = 3000,0 ming so‘m; —„Boy berilgan
imkoniyatlar harajati“ = 1000,0 ming so‘m;
— iqtisodiy foyda = 2000,0 so‘m.
Albatta, bu yerda „boy berilgan im koniyatlar xarajati“ ni aniqlash birm
uncha murakkab, buning uchun qo‘shimcha hisob- kitoblar qilishga, normativ m
a’lum otlardan foydalanishga to ‘g‘ri keladi. Uni aniqlashning um um iy tartibini
yuqorida ko‘rib o ‘tdik.
Moliyaviy foyda — firmaning yalpi daromadi (tushumi) bilan aniq xarajatlar
o ‘rtasidagi farqqa tengdir.
Iqtisodiy foyda— bu firmaning yalpi daromadi (tushumi) bilan barcha (aniq
va zimmaga tushgan) xarajatlar o‘rtasidagi farqdir.
Normal foyda — bu firma egasi tomonidan ishlab chiqarishga ketkazgan
zimmaga tushgan xarajatlariga teng bo‘lgan foydadir (masalan, tadbirkor ishlab
chiqarishga 1 mln. so‘m kiritib 8 foiz foyda olsin, agar u shu summa uchun bank
foiz stavkasi 8 foizga teng bo‘lsa, tadbirkor tomonidan olingan foyda normal foyda
boMadi). Firma xarajatlarini doimiy va o ‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lish
mumkin: Ba’zi ishlab chiqarish omillari firma tom onidan:
• doimiy:
• ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z faoliyatini to
‘xtatishdan q at’iy nazar to ‘lanadigan (ijara to ‘lovi, bank krediti bo'yicha
to‘lovlar, sug‘urta komm unal xizmat to ‘lovlari, amortizatsiya ajratmalari).
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o ‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan
harajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Hajmi ishlab chiqarish hajmi o ‘zgarib borishi bilan bog‘liq xarajatlar, ya’ni
xodimlarga to ‘lanadigan ish haqi, xom ashyo, materiallar, yonilg‘i (aylanma
kapital) uchun sarflangan xarajatlar firmaning o'zgaruvchan xarajatlari deyiladi.
Xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linishi korxona
yopilishi yoki u zarar bilan ishlayotgan holda bankrot deb e’lon qilinishi haqida
qaror qabul qilish uchun zarur.
Ishlab chiqaruvchi mahsulot birligiga to ‘g‘ri keluvchi xarajatlar o'rtacha
xarajatlar deyiladi.
|