0‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab,
jamiyatda tadbirkorlik mbini qaror toptirish, iqtisodiy taraqqiyotining muhim
omillaridan biri sifatida uning ustuvor rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-
quwatlashga va shu asosda insonlarga mulkdorlik tuyg‘usini uyg‘otishga asosiy
e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda qisqa vaqt ichida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni yuritish uchun zarur bo‘Igan hududiy - m
e’yoriy asos yaratildi. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»,
(2000-y) «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi (2004-y) va 0 ‘zbekiston respublikasi
boshqa qonunlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda qator imtiyoz va
imkoniyatlar yaratib, uni qoilabquwatlash hamda himoyalashga kafolat beradi.
Jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida tadbirkorlik, ayniqsa, kichik va
xususiy biznes shakllarining faoliyat yuritishi uchun qulay shartsharoit yaratish,
yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olishni
yengillashtirish, yuqori likvidli mahsulotlar, xomashyo va materiallarini ochiq birja
savdolarida sotishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlar
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlami sertifikatlashga doir qarorlar ushbu
yo‘nalishda keng imkoniyatlami ochib berdi. 2012-yil 14-sentabr kuni
Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “0 ‘zbekistonda ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli
va ahamiyati”
mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ( )‘zbekistonda barqaror iqtisodiyotni shakllantirish va
ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini sifatida kichik biznes
hamda xususiy tadbirkorlikni yuksaltirish borasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish,
xalqaro hamjamiyatni mamlakatimizda ushbu sohada erishilayotgan yutuqlar bilan
keng tanishtirishga bag‘ishlandi. Xalqaro forumning ochilishida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Anjumanda ko‘plab nufuzli
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Jahon banki, Xalqaro
moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki vakillari,
AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya,
Kanada kabi dunyoning 45 dan ortiq mamlakatidan yetakchi ekspertlar hamda
biznesmenlar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik diplomatlar ishtirok
etdi. Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarishning o‘sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish
evaziga ta’minlash mumkin. Bizning hisoblarimizga ko‘ra 2015 yilga borib
respublika bo‘yicha kichik biznesning ishlab chiqarilgan YAIM hajmidagi ulushini
66,1 foizga yetkazish kichik tadbirkorlik korxonalarining yillik mahsulot ishlab
chiqarishining o‘sishi 2,5 foizdan orishi istiqbolda ko‘zda tutilgan.
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalaming YAIM dagi ulushi istiqbolda
quyidagicha asoslab berilgan.
|