Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashda davlat markaziy o‘rin egallaydi.
Mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot” darajasining yuqoriligi poraxo‘rlik darajasining ham yuqori darajada bo‘lishiga zamin yaratadi. Umuman, xufiyona iqtisodiyotning ma’lum bir davlat misolida qanchalik darajada rivojlanganligini aniq belgilab bo‘lmaydi. Ushbu hodisaning mavjudligi natijasida yuzaga keluvchi bir qator omillar uning taxminiy darajasini mutaxassislar ishtirokida jahon mamlakatlarida mavjud bo‘lgan “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushini aniqlaydi.
iqtisodiyotni yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni tezlikda hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslarning huquqlari, vazifalari mas’uliyatini oqilona taqsimlash va ularning o’zaro bir o’lchamdagi faoliyatini uyg’unlashtirish.
boshqa mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar tizimida himoyalanishni rag’batlantirish rejimlarini ko’zda tutadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali mamlakatning iqtisodiy suverenitetini huquqiy va siyosiy jihatdan himoyalashni ta’minlash;
iqtisodiy va ma’muriy dastak, vosita hamda usullar yordamida iqtisodiy strategiya va joriy dasturlarni amalgam oshirish, erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash, mavjud sharoitlarga mos ravishda ko’rilayotgan chora-tadbirlarga tuzatishlar kiritish;
davlatning mikro va makro darajada iqtisodiy tartiblash ko’lamlarini o’z ichiga oladigan tik hamda strategik qarorlarni asoslash, qabul qilish uchun dastaklar bilan ta’minlash;
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashdagi davlatning vazifalari
“G‘arb ekspertlarining ta’kidlashicha, mamlakat YAIM ning 40-50 foiz ini “xufiyona iqtisodiyot” tashkil etgan holat xavfli “bo‘sag‘a” hisoblanadi”. Milliy iqtisodiy tizimi ushbu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar o‘zini juda og‘ir holatga tushgan, deb hisoblashi lozim. Jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning hajmi va dinamikasini quyidagi omillar belgilaydi:
soliq solishning og‘irligi;
olinadigan daromad miqdori;
ish vaqtining uzunligi;
ishsizlik miqyosi;
davlat sektorining roli.
Mutaxassislarning fikricha, soliq va ijtimoiy to‘lovlarning YAIM ga bo‘lgan nisbati 33foiz bo‘lsa, bu yashirin iqtisodiyot ko‘payishining keskin nuqtasi hisoblanadi.
Shuningdek, Dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida davlat qarzlaridan foydalanadilar, chunki ularning aksariyatida defitsit (taqchil) byudjetga ega bo‘ladilar va ichki investitsiyalar uchun, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qilish, shuningdek tashqi qarzlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun o‘z mablag‘lari etishmaydi.
Davlat qarzi haqidagi ilmiy tasavvurlar ko‘p jihatdan J. M. Keyns ta’limoti bilan bog‘liq. U byudjet taqchilligi, davlat xarajatlari, umumiy talab, xususiy jamg‘armalar va ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni o‘rganib defitsitli (taqchil) moliyalashtirish siyosatini amalga oshirishni taklif qilgan. Keyns davlat qarzining ikki tomonlama tabiatidan kelib chiqqan. Bir tomondan, davlat qarzi iqtisodiyotga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi, chunki qarzni qaytarish uchun mamlakat yo soliq yukini oshirishi, yo byudjetning xarajat qismini kamaytirishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, davlat qarzi mamlakat ichida tovar va xizmatlarga talabni oshiradi, bu bilan iqtisodiy o‘sishga yordam beradi, ya’ni u iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarali vositasi hisoblanadi.
Davlat qarzi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi: bir tomondan, u iqtisodiy tahdid hisoblanadi, boshqa tomondan – aksincha, jamiyat va insonning xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Binobarin, davlat qarzi inson shaxsining turmush darajasi, sifati va rivojlanishi hamda iqtisodiy o‘sishga ham barqarorlashtiruvchi, ham beqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun milliy iqtisodiyotning jahon hamjamiyati bilan takror ishlab chiqarish jarayonlariga to‘sqinlik qilmaydigan hamda tahdidlar xavfini keskin kamaytirishga imkoniyat beradigan o‘zaro uyg’unlashish sharoitlarini yaratishga intiladi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlar bo‘yicha importga bog’liqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni kuchaytirish lozim. Buning uchun mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni, mahsulotlarni eksport qilishga yo‘naltirilgan mahsulotga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Shundagina mamlakatning iqtisodiy ahvoli jahon bozorlaridagi konyuktura o‘zgarishlariga, resurs baholarining o‘zgarishiga bog’liq bo‘lmaydi. Shu boisdan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat strategiyasi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar qilishga, sanoat, moliya va bank tizimini mustahkamlashga qaratiladi. Buning uchun, texnologik jihatdan orqada qolishga barham berish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |