Mavzu Manaviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosaba-fayllar.org
Jamiyat moddiy ishlab chiqarishining ikki amaliy turi:
Moddiy madaniyat
Ma’naviy madaniyat
Mehnat qurollarini, mehnat ko'nikmalarini, shuningdek
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy boyliklar
Ishlab chiqarish va texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, mehnatni tashkil etish madaniyati, injenerlik madaniyati, pazandachilik madaniyati va boshqalar.
Insonning aqli va ma'nan yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi.
Fan, falsafa, san'at, adabiyot, ahloq, din, huquq., siyosat, maorif, ma'rifat va hakozolar yig'indisidan tashkil topadigan insonning tashqi va ichki ma'naviyati, ruhiyati olamidir.
Milliy ma'naviyat, madaniyat tarixiy hodisa sifatida bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal shakllanmaydi.
O'rta Osiyo xalqlari ma'naviy va madaniy tarixining ibtidosi asrlar qa'riga singib ketgan bo'lib, ularning necha ming yillik ma'naviy kamolot pillapoyalarini bosib o'tganligini aniqlash bugun uchun anchayin murakkab muammo.
Ma'naviy meros - ma'naviyat rivojlanishining asosi
Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga etib kelgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari majmuidir.
Ma'naviy boyliklar avloddan avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o'tadi va jamiyat, uning ma'naviy taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Ma'naviy meros deb uzoq, va yaqin o'tmishdagi, hozirgi davrdagi ma'naviy jihatdan nihoyat qimmatli, o'chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma'naviy boyliklarga aytiladi.
Ma'naviy meros ma'naviy qadriyat sifatida namoyon bo'lib, unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san'at, axloq, dindagi real, dunyoviy ta'limotlar, xurfikrlik va boshqalar kiradi.
Ma'naviy meros zamonlar o'tishi bilan o'z qadrini yo'qotmaydi, balki sifat jihatdan yangi ahamiyat kasb etadi. Ma'naviy meros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his-tuyg'usiga ta'sir etib, ular ongini boyitadi, axloq-odobini ezgulik sari yetaklaydi.
Ma'naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so'ng umuminsoniyatning ma'naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi.
Markaziy Osiyo xalq larining o'tmish avlodlari qoldirgan ma'naviy meros bunga misol bo'la oladi.
Ma'naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o'rinlardan birini egallaymiz.
Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo'lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me'morchilik, dexqonchilikka oid o'n minglab asarlar bizning beqiyos ma'naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo'lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin...»
Prezidentimiz aytganlaridek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy merosning o'zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalari, ulug shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy va badiiy asarlar, Qur'oni Karim, Hadislar, Yassaviy va Buxoriylar yaratgan diniy-axloqiy ruhdagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos hojiblar yaratgan axloqiy, pand-nasixat tipidagi asarlar, Najmiddin Kubro, Baxouddin Naqshbandiy yaratgan, inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta'limotlar, Navoiyning o'lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma'naviy merosimiz hisoblanadi.