Mavzu: manzarali gullar kasalliklari


Gullarning piyozboshlari, tuganaklari va ildizpoyalarining kulrang mog‘ori



Yüklə 47,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix01.12.2023
ölçüsü47,43 Kb.
#170742
1   2   3   4   5
7-MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI

Gullarning piyozboshlari, tuganaklari va ildizpoyalarining kulrang mog‘ori 
 
Kulrang mog‘orni gifomitsetlarga mansub bo‘lgan fakultativ parazitlar – 
Botrytis tulipae, 
Botrytis gladiolorum 
va ba’zi boshqa turlar qo‘zg‘atadi. Ushbu zamburug‘lar bilan gullarning 
ko‘p turlari, jumladan lola, nargiz, piyozgul (liliya), gulisumbul (giatsint) larning piyozboshlari,
ilongul (gladiolus) ning tuganak piyozlari, kartoshkagul (georgin) ning tuganaklari, sallagul 
(pion) ning ildizpoyalari va b. zararlanadi. Kasallik belgilari: zararlangan a’zolarda sarg‘ish-
qo‘ng‘ir, botiq dog‘lar hosil bo‘ladi, keyinroq to‘qima qo‘ng‘ir tus oladi, yumshaydi, vaqt o‘tishi 
bilan, burishib qoladi va sirib ketadi. Ba’zan kasallikning tashqi belgilari ko‘rinmaydi, ammo 
tuganakpiyozlarni ostidan barmoq bilan bosib, ko‘rganda, ularning ichidagi to‘qimalari butunlay 
chirib ketganligi ma’lum bo‘ladi. Zararlangan to‘qimalar ustida zamburug‘ning mitseliy va 
sporalash a’zolaridan tashkil topgan kulrang, baroq g‘ubor paydo bo‘ladi. Zamburug‘ 
konidiyalari boshchalarga birikkan, dumaloq va ellipsoid shaklli, o‘lchami 10-12x9-15 mkm. 
Lola, kartoshkagul va ba’zi boshqa gullarning piyozboshlari va tuganaklarida, mitseliy orasida 
zamburug‘ning qora, dumaloq, kichik (Ø 0,5 mm gacha) sklerotsiylari hosil bo‘lishi mumkin. 
Kulrang chirish bilan o‘simlik piyozboshlari, tuganakpiyozlari, tuganaklari va ildizpoyalari 
ham saqlash paytida, ham o‘suv davrida zararlanishi mumkin. Kartoshkagulning va boshqa 
gullarning yosh barglarida, lolalarning kurtaklarida sarg‘ish-qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi, gullar 
etilmay qoladi yoki umuman hosil bo‘lmaydi. Kuchli zararlangan piyozboshlari, 
tuganakpiyozlari, tuganaklari va ildizpoyalarining murtaklari tuproq ustiga chiqmasdan nobud 
bo‘ladi. 
 
 
Piyozboshlari va ildizpoyalarning yashil mog‘ori 
YAshil mog‘orni gifomitsetlarga mansub bo‘lgan fakultativ parazitlar – 
Penicillium 
glaucum, Penicillium gladioli
qo‘zg‘atadi. Piyozboshlari va ildizpoyalarda sal botiq, qizg‘ish-
qo‘ng‘ir, biroz kulrang ohangli dog‘lar hosil bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan ular aiyozboshlari va 
ildizpoyalarni to‘la qoplaydi va ularning ichki qismlari chirib ketadi. Ularning ustida oldin oq


so‘ngra ko‘kimtir-yashil tusli, changuvchi mog‘or rivojlanadi. Kasallik keng tarqalgan, 
piyozboshlari va ildizpoyalarni saqlash davrida ayniqsa ko‘p uchraydi. 

Yüklə 47,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin