Gullarning vertitsillyoz so‘lish (vertitsillyoz vilt) kasalligi
Kasallikni fakultativ parazitlar, gifomitsetlar
Verticillium dahliae
va
Verticillium albo-atrum
qo‘zg‘atadi. Vertitsillyoz vilt bilan ko‘pincha qo‘qongul, kartoshkagul, chinnigul, shabbo‘y,
gerbera, xrizantema va boshqalar zararlanadi. Kasallik belgilari boshqa ekinlardagiga o‘xshash –
o‘simliklar so‘lib qoladi,
zararlangan, ammo nobud bo‘lmagan o‘simliklarning gullari kichik
bo‘lib qoladi. Kasal o‘simliklar poyasining pastki
qismini kesib tekshirilsa, unda o‘tkazuvchi
naychalar dog‘lanishini ko‘rish mumkin. Nam ob-havoda zararlangan a’zolar
ustida
zamburug‘ning mitseliysi va sporalash organlaridan tashkil topgan qo‘ng‘ir, baxmalsimon
g‘ubor hosil bo‘ladi.
Gullarning fuzarioz so‘lish (fuzarioz vilt) kasalligi
Kasallikni
fakultativ parazitlar,
gifomitsetlar
Fusarium oxysporum
va
Fusarium roseum
qo‘zg‘atadi.
Fuzarioz vilt bilan
ko‘pincha qo‘qongul, kartoshkagul, chinnigul, shabbo‘y, xrizantema siklamen, ilongul,
delfinium
va boshqalar zararlanadi, ammo uning eng katta zarari qo‘qongul, chinnigul va
siklamenda kuzatiladi. Zamburug‘ mitseliysi ildiz bo‘g‘zida o‘simlikning o‘tkazuvchi
naychalariga kiradi, ularni ozuqa moddalari va suv o‘tmaydigan qilib qo‘yadi, o‘simlikni
toksinlari bilan zaharlaydi, natijada o‘simlik so‘lib qoladi. Zararlangan o‘simliklar qo‘ng‘ir tus
oladi, poyasi, ildiz bo‘g‘zi va ildizlari chirib ketadi va nobud bo‘ladi. Kasal o‘simliklar
poyasining pastki qismini kesib tekshirilsa, unda o‘tkazuvchi naychalar dog‘lanishini ko‘rish
mumkin. Zamburug‘ o‘simlik qoldiqlarida mitseliy va xlamidosporalari, tuproqda
xlamidosporalari vositasida saqlanadi. Kasallik o‘ta xavfli,
u ham issiqxonalarda, ham ochiq
dalalarda katta zarar keltiradi.