Qovun va tarvuzning fuzarioz so'lishi kasalliklari reja: Kirish Tarvuz fuzarioz so‘lishi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə1/11
tarix09.06.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#127583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
QOVUN VA TARVUZNING FUZARIOZ SO\'LISHI KASALLIKLARI


QOVUN VA TARVUZNING FUZARIOZ SO'LISHI KASALLIKLARI


Reja:


Kirish

  1. Tarvuz fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt)

  2. Qovun fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt) ni

  3. Poliz ekinlarining ildizi va poyasi fuzarioz chirishini

Xulosa
Foydalanigan adabiyotlar ro’yxati
Kasallik poliz ekinlarini ochiq dala va issiqxonalarda zararlaydi va u dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham keng tarqalgan.
Tarvuz fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt) ni Fusarium oxysporum f.sp.niveum gifomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Urug‘barglari, maysalari, poyasi va ildiz bo‘g‘zi chirishi va so‘lishi tarvuzni qayta ekishning asosiy sababidir. Yetilgan o‘simliklarda kasallikning belgilari qovun fuzarioz so‘lishiniki bilan bir xil. Oldin tarvuzning bir yoki bir necha palagi, so‘ngra butun o‘simlik so‘lib qoladi. Buning sababi o‘simlik o‘tkazuvchi tomirlari mitseliy bilan to‘lib, tiqilib qolishi hamda patogen chiqargan toksinlar o‘simlikni zaharlashidir. Zararlangan, ammo so‘limagan o‘simliklar zaif, nimjon, mevalari esa mayda va sifatsiz bo‘lib
qoladi. Kasallikning saqlanishi, mavsumdan mavsumga o‘tishi, ekin ichida tarqalishi va unga qarshi kurash choralari qovunning fuzarioz so‘lishiniki bilan bir xil; kasallikka chidamli navlar mavjud (Peresipkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988). Fuzarioz so‘lish tarvuzda O‘zbekistonda ham tarqalishi ehtimol qilinadi.
Poliz ekinlari issiqsevar bo‘lgani uchun ular past haroratda zaiflashib, kasalliklarga chidamliligi keskin pasayadi. Issiqxonalarda tuproq harorati keskin o‘zgarib turishi va 21°С dan past (14-16°С) bo‘lishi, sovuq (9-11°С) suv bilan sug‘orish, urug‘ni fungitsid bilan dorilamasdan chuqur ekish, bodring urug‘i unmasdan yoki urug‘barg tuproq yuzasiga chiqmasdan chirib ketishining asosiy sabablaridir. Bu sabablar, hamda azotli o‘g‘itni keragidan ortiqcha berish, ob-havoning keskin o‘zgarishlari, havo namligi yuqori bo‘lishi, havo almashinuvi yetarli bo‘lmasligi va qatqaloq, unib chiqqan urug‘barg va yosh o‘simliklar xira-yashil tus olishi, ildiz bo‘g‘zida va poyada qaynoq suvda kuyganga o‘xshash rangsiz, so‘ngra qo‘ng‘ir dog‘lar rivojlanishi, ildiz bo‘g‘zi ingichkalashishi, qo‘ng‘ir tus olishi va chirishi, natijada o‘simlik yotib qolishi va so‘lishiga olib keladi.
Omon qolgan, ammo zararlangan yosh o‘simliklar poyasining pastki qismi va ildizlarida suv shimganga o‘xshash, botiq, rangsiz, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oluvchi (Pythium spp.,), botiq, qo‘ng‘ir (Rhizoctonia solani) yoki qizg‘ish- qo‘ng‘ir (Fusarium equisetii, Fusarium spp.) dog‘lar va yaralar paydo bo‘ladi, ildiz tuklari chirib, tuksiz bo‘lib qoladi, barglari sarg‘ayadi va pastkilaridan boshlab, asta-sekin quriydi.
Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar tuproqda saqlanadi va tuproq kasallikning asosiy manbai hisoblanadi. Ular o‘simlik to‘qimasiga ildiz qobig‘idagi kichik chatnashlar va ildiz tuklari orqali kiradi va zararlaydi. Issiqxonada har yili bodring yoki boshqa, nihol kasalliklariga moyil ekinlar ekilishi qo‘zg‘atuvchining propagulalari tuproqda yildan-yilga ko‘payishi va yig‘ilishiga, natijada o‘simliklarning urug‘barglari va maysalari zararlanishi yildan-yilga kuchayib borishiga olib keladi. Tuproqdan tashqari, torf, go‘ng, urug‘lik va sug‘orish suvi ham kasallik manbaalari bo‘lishi mumkin.
Bodring, qovun, tarvuz, qovoq va boshqa poliz ekinlarining urug‘barg va yosh o‘simliklarining chirishi dala sharoitida ham ko‘p uchraydi. Bu ekinlarning urug‘bargi tuproq yuzasiga chiqqandan 3-4 hafta o‘tganga qadar, ular kasallikka juda chidamsiz. Kasallik ekinlar juda siyrak bo‘lib qolishiga, o‘simliklar vaqtidan oldin qurib ketishiga va hosil pasayishiga olib keladi. Kasallikka chidamli navlar mavjud emas.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin