Qovun va tarvuzning fuzarioz so'lishi kasalliklari reja: Kirish Tarvuz fuzarioz so‘lishi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə4/11
tarix09.06.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#127583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
QOVUN VA TARVUZNING FUZARIOZ SO\'LISHI KASALLIKLARI

Poliz ekinlarida un-shudring. Kasallik bilan bodring, qovun va qovoqning barcha turlari, itqovun va boshqa bir nechta begona o‘tlar, ba’zan esa tarvuz ham zararlanadi. Uni askomitset obligat parazit zamburug‘lar, asosan Sphaerotheca fuliginea f. cucumidis, kam hollarda (tog‘larda) Erysiphe cichoracearum f.cucurbitacearum qo‘zg‘atadi.
Bodringda un-shudringO‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida issiqxona va ochiq dalalarda keng tarqalgan. Barglarning ikki tomonida ham oq, sarg‘ish-qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish-kulrang, yupqa mog‘or qatlami, keyinchalik (mavsum so‘ngida) ularning ustida qoramtir nuqtalar - kleystotetsiylar rivojlanadi; barglar sarg‘ayadi, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oladi va quriydi. Mog‘or ba’zan o‘simlik poyasi va barg bandlarida, kam hollarda mevasida uchraydi. Issiqxonalarda un-shudring o‘simliklarni urug‘barg fazasidan boshlab zararlaydi.
Patogenning konidiyalari ekin ichida shamol bilan tarqaladi. Ular o‘sishi uchun mu’tadil harorat 25-27°С ni, namlik 50-90% ni tashkil etadi, ammo zamburug‘ harorat 15-25°С va namlik 20% bo‘lganida ham nam bo‘lmagan, quruq barglarni zararlay oladi. Kam sug‘orilgan ekinlarda kasallik kuchayadi. Kasallikning yashirin davri issiqxonalarda 3-4 kunni tashkil qiladi va zamburug‘ har 6 kunda bir avlod berib ko‘payadi.
Patogen o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlarda (bargizo‘t, okopnik – Symphytum sp. va qaylyug‘unda) kleystotetsiylari bilan qishlaydi. Bahorda ularning ichidagi xaltachalarda yetilgan askosporalar o‘simliklarni birlamchi zararlaydi.O‘zbekistonda zamburug‘ qaysi propagulalari (mitseliy, kleystotetsiy) vositasida qishlashi haqida ma’lumotlar mavjud emas. Un-shudring bodring hosilini dalada 20-30%, issiqxonalarda 50-70% gacha pasaytirishi mumkin.
Un-shudring O‘zbekistonda qovun yetishtirishda eng katta zarar keltiradigan kasalliklardan biridir; bu kasallik tufayli har yili qovun hosilining 36 foizi, epifitotik yillari esa 64 foizigacha yo‘qotiladi. Qo‘zg‘atuvchining mushk qovun navlarida 3 ta fiziologik irqi aniqlangan. "O‘zbekiston sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti" xodimlari tomonidan yaratilgan 9 ta qovun navi un-shudringga yuqori darajada chidamlidir.
Ilmiy adabiyotda un-shudring tarvuzda kamroq uchrashi xabar qilingan. Ammo bu kasallik tarvuzda Samarqand viloyatida keng tarqalganligi aniqlangan, ba’zi tumanlar dalalarida ekinlar 57-86 foizgacha zararlangan; fungitsid purkab o‘tkazilgan tajribalarda un-shudring tarvuz hosilini 30% gacha kamaytirgani tasdiqlangan (Musayev, Ashurov, 1987).

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin