Mavzu: Markaziy Osiyo dinlari tarixi Reja


Mazdakiylik ta’limotining



Yüklə 402,57 Kb.
səhifə5/6
tarix10.06.2023
ölçüsü402,57 Kb.
#127996
1   2   3   4   5   6
3-mavzu (2)

Mazdakiylik ta’limotining asoschisi mazdakiylar harakatining rahbari Mazdak xalq ommasining zardo‘sht kohinlari va zodagonlariga qarshi kurashni boshqargan. Bu harakat ta’sirini pasaytirish maqsadida Eron shohi Qubod I (488-531) Mazdakni qo‘llab quvvatlagan edi. Mazdak Qubod hukmronligi davrida avval otashgohlarning birida kohin, keyinchalik butun Eron bo‘yicha bosh kohin bo‘lgan. Kohinlar va amaldorlarning iqtisodiy, siyosiy hukmronligi barbod bo‘lgandan so‘ng Qubod I Mazdak bilan aloqani uzgan. 529 yili mazdakiylar harakati bostirilgan. Mazdak qatl etilgan.
Mazdakizm diniy-falsafiy ta’limoti (5-6 asrlarda) Eronda keng tarqalgan. Mazdak ta’limotiga ko‘ra olamda bo‘ladigan voqea, hodisalar ongli va biror maqsadni ko‘zlab harakat qiluvchi ezgulik, yorug‘lik manbai bilan ko‘r- ko‘rona va tasodifiy harakatlanuvchi qorong‘ulik (johillik) manbai o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash «yaxshilik»ning «yomonlik» ustidan muqarrar g‘alabasi bilan tugallanadi. Mazdakizm ijtimoiy tengsizlikni yo‘qotish uchun kurashga da’vat etgan mazdakiylar harakatining mafkurasi
sifatida xizmat qilgan. Mazdakiylar harakati bostirilgan bo‘lsa ham (6 asr) Mazdak ta’limoti keyingi asrlar davomida Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi dehqonlar, shahar kambag‘allarining feodal zulmiga qarshi, keyinchalik Markaziy Osiyoga Islom tarqalgach, unga va arablar istilosiga hamda xokimiyatiga qarshi (Muqanna, Bobak qo‘zg‘olonlari) kurashning g‘oyaviy bayrog‘i bo‘lib xizmat qildi.


O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar

  1. Tangrichilik dinining vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Tangrichilikning ta’limotlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?

  3. Tangrichilik qadimiy turkiylar hayotida qanday o‘rin tutgan?

  4. Zardushtiylik qachon va qaerda vujudga kelgan?

  5. Zardushtiylik asoschisi kim?

  6. Zardushtiylik muqaddas manbasi qaysi va u haqida nimalarni bilasiz?

  7. Moniylik dinining asoschisi haqida qanday qarashlar mavjud?

  8. Moniylikning muqaddas manbalari haqida gapirib bering.




Yüklə 402,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin