Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarlik
Mavzu: Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarlik
Guruh: __________________
Bajardi: __________________
Tekshirdi:_________________
MUSTAQIL ISH ANGREN UNIVERSITETI Bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari Mashg‘ulot turlari va tuzilishi Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi Reja:
Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan bir xil shartsharoitlar yaratish.
Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan bir xil shartsharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Bolalarning har xil faoliyat bilan shug‘ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo‘lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob-anjomlar bilan ta’minlash.
Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta’minlash.
Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma’lum vaqt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan tamoyillar asosida almashtirib borish bolalar bog‘chasining har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlaydi.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg‘ulotlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, sayrlar, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog‘chasidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o‘yin, mehnat, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi.