*
Bolalar tevarak-atrofdagi hayot
va tabiat bilan tanishish, nutq
o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika,
jismoniy madaniyat,
tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha
eng oddiy tasavvur va
bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab oladilar.
Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va
ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib,
u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim
berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum
izchillikda olib boriladi,
mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.
*
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlar soni va har bir mashg‘ulot
qancha davom etishi
belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining
haftalik mashg‘ulotlar
jadvalini tuzadi, bu ta’limning hamma
bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri
taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.