Mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
*
Dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni haftaga teng taqsimlash.
*
Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg‘ulotlar qo‘yiladi.
*
Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat
tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
*
Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni ko‘proq talab
etadigan, kam harakatli mashg‘ulotlar rejalashtiriladi (tevarakatrofdagi hayot va
tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya,
musiqa va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.
*
Kun davomida mashg‘ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi:
matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k.
*
Mashg‘ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq
o‘zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
*
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki
sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o‘zlariga tanish
bo‘lgan didaktik va harakatli o‘yinlarni o‘ynaydilar, hohlagan rasmlarini
chizadilar, hohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar,
hohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun
dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o‘z-o‘zini
tashkil eta bilish qobiliyati o‘sishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning
tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har
xil faoliyatlarda bolalardagi o‘ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng
imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham
tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki hohlagan ishi bilan
shug‘ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan
ta’minlashda, tarbiyachining maslahati lozim bo‘ladi.
*
Mashg‘ulot bolalar bog‘chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulot-
tarbiyachining bolalarni kerakli bilim va malakalardan umumiy holda xabardor
qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning
bilimlarini boyitadi, madaniy, gigiyenik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob,
harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo
ta’lim berishda bosh rolni mashg‘ulot egallaydi. Mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasida
ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda bolalar uchun
majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun tartibida unga ma’lum o‘rin
va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi
mashg‘ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan
bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil
etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak,
mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega.
*
Mashg‘ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar
rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta
ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z
tashabbusi, topag‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar ishiga zo‘r
berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi
shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda
bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo
bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga
yordam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. Mashg‘ulotda ta’lim berish orqali
bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta
olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil
qilinadi.
|