Mavzu: Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix03.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#171920
1   2   3
Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarlik

Mashg‘ulotning tuzilishi:
*
Bolalarni uyushtirish
*
Asosiy qism
*
Yakunlovchi qism.
*
Bolalar mashg‘ulotga qiziqish va faollik bilan ishtirok etishi uchun mashg‘ulot mazmuni 
va metodikasi puxta o‘ylab olinishi kerak. Bolalar o‘quv faoliyatini qanchalik puxta 
egallab olsalar, tarbiyachini e’tibor bilan tinglab, o‘yindan mashg‘ulotga osonlik bilan 
o‘tadilar.
*
Tarbiyachilar bolalarni yig‘ib, ularning mashg‘ulotga tayyorgarligi: tashqi ko‘rinishi, o‘z 
joyiga to‘g‘ri o‘tirishi, diqqatini to‘plaganini tekshiradi. Mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tishi 
uchun bolalarda qiziqishni uyg‘otish, buning uchun bolalarning yoshi, qiziqishi faoliyatiga 
mos har xil usullarni qo‘llash kerak. Kichik guruh bolalarida mashg‘ulotga qiziqish 
uyg‘otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi kutilmagan topishmoqlar
muammoli usullardan foydalaniladi. “Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti? Bu 
qorbobo biznikiga mehmonga keldi”, deb mashg‘ulotni boshlash maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Tarbiyachi katta guruhlarda esa qanday mashg‘ulot o‘tkazilishi haqida bolalarni 
oldindan ogohlantirib qo‘yadi. Bu esa bolalarni keyingi mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini 
orttiradi. Masalan, hayvonot bog‘iga, ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib 
qo‘yadi va ularga hayvonot bog‘ini aylanib chiqishni, ota-onasi bilan sayr qilganda 
qanday hayvonlarni ko‘rganini va ular qanday taassurot qoldirganini eslab qolishni taklif 
etadi. Bolalar esa bu kunni zo‘r qiziqish va xursandchilik bilan kutishadi. Katta guruh va 
tayyorlov guruhlaridagi bolalar o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning zarur va majburiyligini 
ongli ravishda tushunib unga tayyorlanib boradilar. Mashg‘ulot jarayonida bolalarga yangi 
bilim beriladi. Berilayotgan topshiriq yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi. Topshiriqni 
bajarishda qiynalgan bolalarga yordam ham beriladi. Shuningdek, berilgan topshiriqni 
hamma bolalar tomonidan to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun tarbiyachi turli xil metod 
va usullardan keng foydalanadi.


*
Xulosa 
*
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarbiyachi 
mashg‘ulot 
jarayonida 
yangi 
pedagogik 
texnologiya 
materiallaridan 
va 
tarbiyaning 
samarali metod va usullaridan foydalanilsa hamda 
bolaning ruhiyati, yosh va o‘ziga xos ruhiy
fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiyaning 
samaradorligi ortadi.


*
Foydalanilgan adabiyotlar 
*
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.
Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 173 b.
*
Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i 
pedagogicheskoye masterstvo. Izdatelsko-
poligraficheskiy tvorcheskiy dom im.Chulpana. 
*
T.; 2005. -200 s 4.
Levitan K.M. Lichnost 
pedagoga: stanovleniye i razvitiye. Izd-vo 
Saratovskogo universiteta. 1991. -166 s. 
*
Mavlonova R., To‘rayeva O. Holiqberdiyev K. 
Pedagogika. T., 
*
O‘qituvchi. -2001. – 512 b. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin