Zanjirliuzatmalar. bir-biridan uzoqda joylash- gan vallar orasida aylanma harakatda uzatish uchun tasmali uzatmalardan tashqari zanjirli uzatmalar ham ishlatiladi. Zanjirli uzatma maxsus tuzilishdagi tishli ikkita g‘ildirak va ularga kiydirilgan cheksiz zanjir- dan tuzilgan bo‘ladi (23-rasm).
Friksionuzatmalar. Friksion uzatmalar aylanma harakat yetakchi zvenosidan yetaklanuvchi zvenoga bir-biriga siqib qo‘yilgan silindrik yoki konussimon silliq g‘ildiraklar, disklar, kataklar yordamida uzati- ladi (24-rasm).
Tishliuzatmalar. tishli uzatmalar sanoat jihoz- larining deyarli hamma yig‘ish birikmalarida bo‘ladi. Shuningdek, tishli uzatmalar yordamida burovchi
momentlarini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. tishli uzatmada harakat
bir juft g‘ildiraklar yordamida uzatiladi. bu g‘ildiraklar ham vallarga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi (25-rasm).
Vallarning geometrik usullari ixtiyoriy burchak bilan kesish- gan hollarda konussimon g‘ildiraklardan foydalaniladi. konussimon g‘ildiraklarni tayyorlash silindrik g‘ildiraklarni tayyorlashga qara- ganda birmuncha murakkab bo‘lib, tishlar uchun maxsus asbob-usku- nalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. konussimon tishli g‘ildiraklar tishlarning shakliga ko‘ra, to‘g‘ri tishli, qiya tishli va doiraviy profitishli g‘ildiraklarga ajratiladi.
25-rasm.tishli uzatmalar.
C hervyakli uzatmalar. Chervyakli uzatmalar vallarning o‘qlari bo‘lgan hol- larda kuzatiladi. Chervyakli uzatmalar katta uzatish sonini hosil qilishga imkon bergani uchun ular yetaklanuvchi sifatida aylanishini ta’minlaydi. Chervyakli uzat- malarni tishli uzatmalarga qaraganda ki- chikroq joyni egallashi muhim ahamiyatga ega. Chervyakli uzatma yetakchi vallga o‘tkaziladigan yoki bu bilan yakka qilib tayyorlangan chervyak va yetaklanuvchi vallga mahkamlangan chervyak g‘ildirak- lardan tashkil topgan bo‘ladi (26-rasm).