Mavzu: Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar



Yüklə 209,18 Kb.
səhifə2/3
tarix05.02.2023
ölçüsü209,18 Kb.
#82931
1   2   3
Mavzu Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar

Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Stanokni dastlabki mashqlarda faqat o‘qituvchining zarur tekshiruvlaridan keyin, uning ruxsati bilan, ya’ni nazorati ostida ishlatishga ruxsat beriladi. bu qoidalarga stanokni boshqarish va unda xavfsiz ishlash ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirgunga qadar qat’iy rioya qilish shart.
Mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun, eng avvalo, biror
energiya manbayi bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mexanikaviy uzatishlar vallarning o‘zaro joylashishiga qarab, parallel, kesishgan, ayqash vali turlicha, uzatish sonining o‘zgarishiga qarab esa uzatish soni o‘zgarmas, pog‘onali o‘zgaruvchan va pog‘onasiz turlarga bo‘linadi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarga uzatishlar to‘g‘risida ham qisqacha va
yetarli ma’lumotlar berish zarur.
Energiya manbayi mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi hamda harakat talab qilinganidek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi.
Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik, gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladigani mexanikaviy uzatmalardir. Bu uzatmalar alohida va boshqa tur uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.
Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo‘linadi:

  1. ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (funksional tasmali uzatmalar).

  2. ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli uzatmalar).

Demak, mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o‘zaro tegib turadi yoki egiluvchi zveno bir tasma zanjir orqali bog‘langan bo‘ladi. Ilashish hisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (g‘ildirak, shkiv va shu kabilar) silliq sirtga ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatma- larning asosiy detallarining (tishli g‘ildirak, chervyak va shu kabilar) uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega bo‘ladi. Uzatmalar energiya manbayi-

d an energiyani bevosita qabul qilib, ish bajaruvchi


qismiga uzatuvchi vall yetaklovchi vall deb, bu vall- dan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi qismiga uzatuvchi vall esa yetaklanuvchi vall deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog‘onali bo‘lsa, har bir pog‘onaning manbayi tomonidan birinchi vall ikkin- chi vallga nisbatan yetaklovchi, ikkinchi vall esa pog‘onadagi yetaklanuvchi vall bo‘ladi.
yuqorida bayon qilingan mashinasozlik element- larini o‘zlashtirmasdan turib, texnikaga oid bo‘lgan bilim-ko‘nikma va malakalar samarali natija ber- maydi. Uzatmalar to‘g‘risida ham qisqacha va yetar- li ma’lumotlar berilgan. quyida uzatmalar
haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Tasmali uzatmalar. tasmali uzatmalarning eng oddiysi yetaklovchi, yetaklanuvchi va ularga tarang- lik bilan kiydirilgan tasmadan iborat bo‘ladi. ochiq uzatmada vallar bir-biriga parallel bo‘ladi va shkivlar bir yo‘nalishda aylanadi (22-rasm).

Yüklə 209,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin