2.Ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim.
3.Masofaviy o‘qitishning metodologik asoslari.
4.Masofaviy o‘qitish jarayonining o‘ziga xosliklari.
5.Masofaviy o‘qitishning metod va vositalari.
Asosiy tushunchalar: masofaviy ta’lim, sub‘ekt, ob‘ekt, o‘quv- moddiy,finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar,marketing, internet, uslubiy vositalar, darslikdagi, elektron kutubhona, elektron darslik, vidiokonferentsiya, veb-saytlar, matnlar va b.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi.
Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.
Masofaviy ta’limning tarkibiy qisimlari quydagilar:
O‘qituvchi , o‘quvchi va kommunikatsiya.
Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida mahsus imkoniyatlar,telefon,elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi.
Masofaviy ta’limda ma‘lum maqsad asosida ta’lim sub‘ekti va ob‘ektining ta’lim vositalari yordamidagi o‘zaro ta‘siri amalga oshadi.
Ma‘lumot jarayoni o‘ziga hos pedagogik tizim elementlarini o‘z ichiga oladi, bular: ta’lim maqsadi,ta’lim mazmuni,ta’lim metodlari va vositalari ta’limning tashkiliy shakllari,nazorat qilish,o‘quv- moddiy,finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar,marketing kabilar.
Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar:
Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar:
Masofaviy o‘qitish tizimining metodologik asoslari.
O‘quv jarayonini tashkil etishda ochiqlik va individual yondoshuv.
Yetakchi oliy o‘quv yurtlari va uzoq masofadagi o‘quv-konsultativ punkt bazasidagi markazdan tashkil topgan masofaviy o‘qitish tizimining markazlashgan strukturasi.
Kontakt va nokontakt o‘quv davrlari almashadigan masofaviy o‘qitish jarayonini tashkil etish.
O‘qituvchi, konsultant va menenjer sifatlariga ega bo‘lgan o‘qituvchi-konsultantni (tyutar) o‘quvchiga bog‘lash.
O‘quvchilarning bir-biri va o‘qituvchi bilan o‘zaro zamonaviy tehnik vositalar, axborot texnolgoiyalari va an‘anaviy pochta yordamida masofadan va yuzma-yuz muloqotini tashkil etish.
Masofaviy o‘qitish jarayonining o‘ziga xosliklari.
1.Eguluvchanlik. O‘quvchi dars vaqti, hajmi va boshqalarga nisbatan erkindir.
2.Modullik.
3.Parallellik. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda.
4.O‘zaro ta‘sir etish.
6.3.Masofaviy ta’limning didaktik tizimi.
Hozirgacha mavjud didaktik tizimda ta’lim jarayoni 7 ta elementni o‘z ichiga olar edi: ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ta’limning shakli, vositasi va metodlari.
Masofaviy ta’limning didaktik tizim esa 12 elementni o‘z ichiga oladi.
Masofadan o‘qitishning metod va vositalari.
Masofadan o‘qitish texnologiyasi (MO‘T) mahsus metod,vosita va o‘qitishning tashkiliy shakllari tizimi bo‘lib,ta’lim mazmunini ko‘p tarmoqli ravishda amalga oshirishga qaratilgan.
Oliy o‘quv yurtlarining ko‘pgina o‘qituvchilari (pedagogika va didaktika o‘qituvchilaridan tashqari) “o‘qitish metodi” tushunchasiga unchalik qiziqmaydilar. Chunki ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qitish faoliyatini empirik tarzda o‘rganib oladilar. Ular asoson kafedra mudirilari yoki yetakchi professor – o‘qituvchilariga taqlidan o‘qitish usullarini qo‘llaydilar. Lekin shu usullar qaysi ta’lim metodlari tizimiga kirishini bilmaydilar yoki qiziqmaydilar. Ta’lim metodini bilish ta’limni takomillashtirish-ning muhim shartlaridan biridir