Mavzu: Mass-spektrometrik analiz usullari. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Mass-spektrometrik metodining mohiyati


Yutish chiziqlarining intensivligi



Yüklə 243,1 Kb.
səhifə8/19
tarix10.05.2023
ölçüsü243,1 Kb.
#110576
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Kurs Ishi (2)

Yutish chiziqlarining intensivligi. Analitik maqsadlar uchun moddalarning ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va yaqin infraqizil sohalardagi yutish spektrlaridan keng foydalaniladi. Bu spektrlarning paydo bo‘lishi elektron va tebranma o‘tishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, yutish spektrlari xona haroratida – barcha molekulalar qo‘zg‘atilmagan tebranma va elekt ron holatda bo‘ladigan haroratda olinadi. Shuning uchun fotonni yutish va qo‘zg‘atilgan holatga o‘tish ehtimoli faqat molekulaning xossalariga – dipol momentining qiymatlariga va tanlash qo`ldalariga rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Bun day o‘tish qancha ko‘p sodir bo‘lsa, ayni to‘lqin uzunligidagi nur shuncha kuchliroq yutiladi va yutilish intensivligi kattaroq bo‘ladi.
Nur dastasining intensivligi odatdagidek katta bo‘lmaganida fotonlarni yutgan va qo‘zg‘atilgan holatdagi molekulalar soni juda kam bo‘ladi. Shu sababli namunadagi qo‘zg‘atilmagan molekulalar soni o‘zgarmay qoladi, deyish mumkin. Bu faqat moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq. Demak, yutish spektrlarida chiziqlarning intensivligi bilan analiz qilinayotgan moddaning konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik nurlanish spektridagi chiziqlar intensivligining konsentratsiyaga bog‘liqligiga qaraganda ancha yaxshi ifodalangan va barqaror bo‘ladi, chunki yorug‘likni yutuvchi qo‘zg‘atilmagan molekulalar soni faqat boshlang‘ich namunadagi modda ning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

1.2 - Optik zichlik. Buger – Lambert - Ber qonuni
Atom, ion yoki molekula nur kvantini yutib, yuqoriroq energetik holatga o‘tadi. Odatda, bu asosiy, qo‘zg‘atilmagan pog‘onadan yuqoriroq pog‘onalardan biriga, ko‘pincha birinchi qo‘zg‘atilish pog‘onasiga o‘tishdir. Nurning modda qatlamidan o‘tishida yutilishi natijasida nurlanish intensivligi kamayadi va nur yutuvchi mod daning konsentratsiyasi qancha katta bo‘lsa, intensivlik shuncha ka mayadi.
Buger–Lambert–Ber qonuni nur yutuvchi moddaning qatlamidan o‘tgan yorug‘lik intensivligining kamayishi bilan modda konsentratsiyasi va qatlamning qalinligi orasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Nurning aks etishi va tarqalishi hisobiga isrof bo‘lishini e’tiborga olish uchun tekshiriluvchi eritma va toza erituvchidan o‘tgan yorug‘lik intensivligi taqqoslanadi (1-rasm).


Yüklə 243,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin