Mavzu: Mass-spektrometrik analiz usullari. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Mass-spektrometrik metodining mohiyati



Yüklə 243,1 Kb.
səhifə3/19
tarix10.05.2023
ölçüsü243,1 Kb.
#110576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Kurs Ishi (2)

Turbodimetriya rangsiz suspenziyaning qattiq zarrachalariga yutiladigan nurning intensivligini o‘lchashga asoslangan.
Nefelometriya suspenziyaning qattiq zarrachalari tomonidan qaytarilgan yoki sochilgan nurning intensivligini o‘lchashga asoslangan.
Sindirish koeffitsientini o‘lchashga asoslangan refraktometrik usul, qutblanish tekisligining aylanishini o‘rganishga asoslangan polyarometrik usullar ham optik analiz usullariga kiradi.
Molekular-absorbsion spektroskopiya
Analizning molekular-absorbsion spektroskopiya usullari elektromagnit nurlanishning optik qismini moddalarning molekulalari (yoki ionlari) tomonidan yutilishini o‘lchashga asoslangan.
Kvant nur – hv ning yutilishida zarrachalar juda yuqori energetik holatga o‘tadi. Agar emission spektroskopiyada atom yoki ionlar qo‘zgalgandagi nurlanishga e’tibor berilgan bo‘lsa, absorbsion spektroskopiya usulida kvant nurni tanlab yutish jarayoniga e’tibor beriladi.Optik diapazon sohasiga, o‘lchash usuliga, o‘lchanuvchi nurlanish dastasining kengligiga qarab molekular-absorbsion usullar quyidagilarga bo‘linadi: kolorimetriya, fotokolorimetriya, spektrofotometriya va boshqalar.
Kolorimetriya so‘zi ikkita lotin so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, color– rang, metreo – o‘lchash, ya’ni rang intensivligini o‘lchash ma’nosini bildiradi. Kolorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo‘lgan komponent biror reaktiv bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida eritmada rangli birikmaga aylanadi. Hosil bo‘lgan rangning intensivligi (och-to‘qligi)dan foydalanib aniqlanayotgan komponentlarning miqdori to‘g‘risida xulosa qilinadi. Bu usul tekshirilayotgan modda tomonidan to‘lqin uzunligi qat’iy aniq biror songa teng bo‘lgan nurlarning yutilishiga asoslanadi.
Har xil turdagi nurlanishning to‘lqin uzunligi ham har xil bo‘ladi. Agar nurlanish faqat bir to‘lqin uzunligida xarakterlansa, u monoxromatik nurlanish deb ataladi. Bir qancha to‘lqin uzunligidan iborat nurlanish polixromatik deyilib, u hosil qiluvchi nurlarga ajralishi mumkin.

Yüklə 243,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin