Statik massivlarni e’lon qilishning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
[]={boshlang’ich qiymatlar} Bunda {boshlang’ich qiymatlar} albatta bo’lishi kerak. Misollar:
int []A={1,4,3,1};
string[] B = { “olma”, “gilos”, “anor”};
double[] C = { 0.005, 1.234, 12.5, 13.5, 10.6 };
Yuqoridagi massivlarda massivning o’lchami uning initsializatsiya qismida qatnashgan elementlar soni bilan aniqlanadi. C++ tilida xuddi C++ da bo’lgani kabi element indeksi 0 dan boshlanadi. A[0] indeksli element 1 ga teng, B[1] indeksli element esa “gilos” ga teng va h.
Aytib o’tganimizdek, C++ tilida massivlar xotiradan unumli foydalanish maqsadida massivlarni dinamik tarzda e’lon qilishga kelishib olingan. Dinamik tarzda massivni e’lon qilishning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
[] =new [o’lcham] Bu yerda newoperatori ga mos ravishda xotiradan joy ajratadi. Dinamik massivlarni e’lon qilishga doir misollar:
n = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
int[] M1 = new int[10];
float[] M2 = new float[100];
double[] M3 = new double[n];
M1 va M2 nomli massivlarning elementlari uchun 10 va 100 ta joy ajratilgan. Ular ham dinamik massiv hisoblanadi. M3 massiv uchun xotiradan qancha joy ajratish foydalanuvchining o’ziga havola qilingan, ya’ni n o’zgaruvchisi klaviaturadan kiritiladi, bu o’zgaruvchi qiymati esa M3 massiv o’lchami sifatida qabul qilinadi. M3 massiv dinamik massivga yorqin misoldir.
Dinamik massiv o’lchami ham statik massiv kabi aniqlanishi lozim, faqat bunda u dastur ishlashi davomida anqlanishi bilan static massivdan farq qiladi.
Indekslar massiv elementlariga murojat qilish uchun ishlatiladi. Indeks massivdagi element sonini bildiradi .Massivdagi to’rtinchi elementga murojat qilish uchun biz 3 indeksidan foydalanishimiz kerak. Misol uchun :num[3]. Massiv elementlarining qiymatlarini olish va o’rnatish uchun indekslardan foydalanamiz.
int[] nums=new int [4];
nums[0]=1;
nums[1]=2;
nums[2]=3;
nums[3]=5;
Console.ReadLine(nums[3]); //5
Va bizda faqat 4 ta element uchun belgilangan massiv mavjud bo’lgani uchun , masalan oltinchi elementni qo’llay olmaymiz nums[5]=5;. Agar biz buni qilishga harakat qilsak biz