ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ,
ФАН ВА ИННОВАЦИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ
ИСЛОМ КАРИМОВ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ
"ЭЛЕКТРОНИКА ВА АВТОМАТИКА" ФАКУЛЬТЕТИ
"ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ВА ЖАРАЁНЛАРИНИ
АВТОМАТЛАШТИРИШ" кафедраси
"ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ"
фанидан
"Даврий технологик жараёнларни автоматик бошқариш"мавзусида
Мустақил иши
Гуруҳ: С28-19 ТЖИЧАБ талабаси
Бажарди:Aбдуалиев Ш.Т.
Қабулқилди:Ражабов А.Т.
Тошкент – 2023
DAVRIY TEXNOLOGIK JARAYONLARNI
AVTOMATIK BOSHQARISH.
Ma’lumki, kimyo va oziq-ovqat sanoatida davriy usul bilan amalga oshiriluvchi jarayonlarning ulushi ancha katta. Buning sababi shundaki, busanoatlar, odatda, ko‘p nomenklaturalardir. Ayni bir texnologik jihoz turli xil mahsulotlarni chiqarishga imkon beradi. Davriy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish nuqtayi nazaridan ularni uzluksiz turdagi jarayonlardan farq qildiruvchi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Davriy jarayonlarni avtomatik optimal boshqarish ishlab chiqarishni bir holatdan boshqasiga o‘tkazish, qurilmani boshqarishga ulash bilan bog‘liq, ya’ni avtomatik boshqarish tizimining ishlashi diskret xarakterga ega. Shuning uchun, boshqaruvchi qurilmalarni sintez qilish usullari diskret matematika: Bul algebrasi, chekli avtomatlar nazariyasi va hokazolarga asoslangan. Xususiy hosilalardagi yoki o‘zgaruvchan koeffitsiyentli differensial tenglamalar apparati amaliyotni qanoatlantiruvchi aniqlik bilan aniq masalalarni yechishga imkon bergani uchun matematik modellash va davriy turdagi jarayonlarni optimallashtirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uslubiy ma’noda prinsipial qiyinchilik tug‘dirmaydi, biroq muhandislik amaliyotida diskret matematika g‘oyalarining va usullarining qo‘llanilishi ba’zi bir qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Bu qiyinchiliklaming sababi shundaki, avtomatik boshqaruvchi qurilmalarni oziq-ovqat texnologiyasining davriy jarayonlariga tatbiqan tahlil va sintez qilish prinsiplari shu vaqtgacha ta’riflab berilmagan. Biz bu kamchilikni to‘ldirishga va Bul algebrasi, chekli avtomatlar nazariyasi asoslarini va ularning avtomatik boshqaruvchi qurilmalar sinteziga tatbiq etilishini bayon qilishga harakat qildik.
Dostları ilə paylaş: |