Ta’rif. Ayrim yoki xususiy ma’lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarish induksiya deyiladi.
Induksiya uch xil bo`ladi: chala induksiya, to`la induksiya va matematik induksiya.
Umumiy ma’lumotlarga tayanib ayrim yoki xususiy xulosa chiqarish deduksiya deyiladi.
Xulosa chiqarish metodlaridan yana biri bu analogiyadir.
O`xshashlikka asoslanib xulosa chiqarish analogiya deyiladi.
Bolalarning masalalarni yecha bilishi boshlang`ich ta’lim matematikasi oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shartdir. Masalalar yechishni o`rganish jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilari har tomonlama kamol topadilar, bilim oladilar va tarbiyalanadilar.
Bitiruv ishining xulosasi sifatida masalalar ustida ishlashning quyidagi usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini bo`lajak ham kasblarimga ham tafsiya qilaman.
1. Yechilgan masala ustida ishlash. Ko`p o`quvchilar yechish rejasini masala yechilib bo`lingandan keyin takroriy tahlildan so`ng tushunib oladilar. Takroriy tahlil vaqt talab qiladi, lekin u o`zini oqlaydi.
2. Masalani turli usullar bilan ishlash. Vaqt yetishmasligi tufayli masalalarni turli usullar bilan yechishga kam e’tibor beriladi. Lekin buni bilish matematik rivojlanish darajasining ancha yuqori ekanligidan dalolat beradi! Bundan tashqari, yechishning boshqa usulini topishga o`rgangan bo`lish ham katta rol o`ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |