Kirish Avvalo matematika tarixi matematik fanlar jumlasiga kirishini e’tirof etish joiz. Ma'lumki, matematik fanlarning sohalari turli-tuman bo'lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifidan yaqqol ko'rish mumkin. «Matematika-haqiqiy borliqning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalaridir».
Matematikaning turli sohalari mana shu miqdoriy munosabatlar va fazoviy formalarning ayrim xususiy hollari bilan ish ko'radi.
Matematika predmetining tarkibi quyidagilardan iborat:
Matematika rivojlanishi jarayonida yig'ilgan faktlar.
Matematika metodologiyasi-matematika predmetini o'rganishga yondashishni xarakterlovchi matematik qonunlar va nazariyalarni tushuntirishning umumiy usuli.
Matematika predmetining sanab o'tilgan elementlari o'zaro bog'liq va rivojlanishda. Biror aniq davrda shu rivojlanish qanday ro'y bergan, keyinchalik bu rivojlanish qanday tus oladi, shularni o'rganish, natijada ularning sabablarini ochib berish matematika tarixi predmeti zimmasiga yuklatiladi.
Demak, matematika tarixi matematika rivojlanishining obyektiv qonunlari haqidagi fan ekan. Shu sababli ham matematika tarixi juda katta masalalarni hal etishiga to'g'ri keladi.
Bu vazifalar ro'yxatini keltirish ancha mushkul ish, ammo bo'lajak matematika o'qituvchilari matematika tarixidan nimalarni bilishlari zarur ekanini sanab ko'rsatish mumkin.