Uyga vazifa:
1-5- savol va topshiriqlar.
Sana _____ Informatika Sinf ________
Mavzu: “Puzzle” va “So`z yasash” o`yinlari.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari bilan ishlashni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Xavfsizlik 0texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi, (kompyuter),
chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Avvalgi darsda kompyuter o`yinlari haqida ma`lumot oldingiz. Endi kompyuter o`yinlariga misollar ko`ramiz.
|
“Puzzle” (pazl) o`yini. Bu o`yin mantiqiy o`yinlar turiga kiradi. Unda bo`laklarga ajratilgan rasmni tiklash kerak bo`ladi. Pazl o`yini “Puzzle” fayli orqali ishga tushiriladi. Uning yorlig`i./././ko`rinishga ega. U ishga tushirilgach, ekranda o`yinning sarvarag`i hosil bo`ladi. Unda 12 ta rasm tasvirlangan. Rasmlar sichqoncha yordamida tanlanadi. Rasm tanlangach, ekranga o`yin maydoni chiqadi. Unda “3x3” va “4x4” yozuvli ikkita tugma bo`lib, ular yordamida tanlangan rasm 9 (3x3) yoki 16 (4x4) bo`laklarga bo`linadi. Rasm bo`laklari kvadrat shaklidagi maydonda aralashgan holda joylashadi.
Rasm 9 bo`lakka bo`lingan bo`lsin. U holda 9-bo`lak ekranga chiqmaydi. Uning o`rnida bo`sh katak hosil bo`ladi. Bo`sh katak atrofidagi rasm bo`laklaridan birini shu bo`sh katakka siljitish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini shu rasm bo’lagi ustiga olib lelib chap tugmasini bosasiz. Bunda faqat bo`sh katak yonidagi rasm bo`laklarini vertical yoki gorizontal yo`nalishda siljitish mumkinligini unutmang. Siljitishning imkoni bo’lmagan rasm bo`lgani siljitishga urinsangiz 1 ball jarima olasiz. Rasmning asl ko`rinishi yodingizdan chiqqan bo`lsa, uni ko`rib olish mumkin. Buning uchun “Rasmni ko`rib olish” tugmasi bosiladi. Rasmning asl ko`rinishi 5 soniya ko`rinib, yana o`chib ketadi. Uni qayta – qayta ko`rish mumkin. Lekin har bir ko`rish uchun 5 baldan jarima olasiz.
“So`z yasash” o`yini. Bu o`yin yordamida so`z boyligingizni sinab ko`rishingiz mumkin. O`yin “Suzuyin” fayli orqali ishga tushiriladi. Uning yorlig`i ko`rinishga ega. O`yin sarvarag`ida 4 ta rasm bo’lib, ularning biri sichqoncha yordamida tanlanadi. Natijada 4x4 o`lchamli o`yin maydonida ustiga harflar yozilgan kvafrat shaklidagi 15 ta katak hosil bo`ladi.
Harf yozilgan kataklarni Pazl o`yinidagi kabi siljitib so`z yasash kerak. Yasalgan so`zni belgilash uchun uning birinchi harfi yozilgan katak ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelib, o`ng tugmasi bosiladi. Keyin sichqonchani yasalgan so`z harflari yozilgan kataklar bo`ylab siljitiladi. Natijada ushbu kataklar bo`yalib boradi. Sichqoncha ko`rsatkichi so`zning oxirgi harfi yozilgan katak ustiga kelganda yana o`ng tugmasi bosiladi.
So`zni to`g`ri yasagan bo`lsangiz undagi harflar soniga teng ball olasiz. Yasagan so`zlaringizni o`yin maydonining pastki qismidagi oynada aks etib turadi. O`yin qiziqarli bo`lishi uchun o`yin maydonining o`ng tomonidagi rasm har 10 ball to`plaganingizda almashib turadi.
Aziz o’quvchilar! Kompyuter o’yini qanchalik qiziqarli bo’lmasin, u bilan me’yoridan ortiq shug’ullanish sog’lig’ingiz uchun zarar keltirishini unutmang !
Dostları ilə paylaş: |