Antonim yordamida badiiy adabiyotda tazod, antiteza san'ati hosil qilinadi. Biroq antonimlikni tazod va antitezaga tenglashtirib, bir xillashtirib qo'ymaslik kerak. Antonim bo'lmagan so'z ham bu san'atni hosil qilaveradi.
Antonimning uslubiy xususiyati. Antonimdan to'g'ri foydala-na olmaslik ham uslubiy xatolikni keltirib chiqaradi: ... choyxo-na mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini tatigan kishiga o'xshaydi. Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligi o'rnida achchiq-chuchuk juftligi ishlatilishi kerak edi.
Antonimdan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san'at tazod (antiteza) deb ataladi.