11. MALAKA- kishi egallagan bilimlari ko'nikma bosqichidan o‘tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi.
12. MAHORAT- o‘zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish-harakatlami (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.
13. BAHOLASH- ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o'quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalami aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
14. KASB - muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-harakat usullarini o'zlashtirish orqali erishiladi.
3- Sinf-dars tizimi XVII asrda Ya.A. Komenskiy tomonidan ilmiy asoslangan. Sinf-dars tizimining asosiy o‘ziga xos jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
- deyarli bir xil tarkib, yosh va tayyorgarlik darajasidagi tahsil oluvchilar ishtirok etadi; ta’lim-tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq alohida-alohida qismlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi;
- har bir dars o‘quv rejasiga kirgan ma’lum bir o‘quv predmeti dasturiga oid mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi;