2. O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi qonuni
3. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida»gi qonunidir
Ta’limning metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi tashkil etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari.
Shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchi.
Davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ulami qabul gilishning kafolatlari;
Uzluksiz ta ’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta’limining barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarining kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi;
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab cliiquvchi;
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablami belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo'lishini va hayot o'zgarishlariga moslanuvchiligini ta’minlaydi.
1. TA’LIM — bilim berish, malaka va ko'nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim jarayonida bilim o'zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o'qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o'quv yurtlarida o'qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham ma’lumot o'zlashtirish jarayonidir. Ta’lim jarayoni o'z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
ma’lum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlami o'zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir);
mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalami o'zlashtirish (bu jarayonlaming mahsuloti malakalardan iborat bo'ladi);
ko'zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to'g'ri yo'l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko'rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli - malakadan iborat bo'ladi). Insonning ma’lum bilim, ko'nikma va malakalami o'zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha xatti-harakatlari ta’lim bilan bog'liq bo'ladi.