Mavzu: Maydonli tranzistorlarning asosiy ishlatish parametrlari va uning turgun tavsiflari
Reja:
1.Tranzistorlar.
2.Maydonli tranzistorlar.
3.Asosiy Ishlatish parametrlari.
Tranzistor (inglizcha: transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.
Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikkala turdagi (p-tipli va n-tipli) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydoniy tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi.
Maydon tranzistorining tuzilishi, elektr sxemaga ulanishi va radiosxemada
belgilanishi 9.1-rasmda keltirilgan. Rasmda chap tomondagi elektrod oqim
boshlanishi – istok deb, o’ngdagi elektrod esa oqim quyilishi – stok deb, o’rtadagi
boshqaruvchi elektrod zatvor deb ataladi. Istok bilan stok oraligidagi qatlam kanal
deb yuritiladi. Uning o’tkazuvchanligi n yoki r-tipli bo’lishi mumkin. Agar asos
(plastinka) Yarim o’tkazgich n-tipli bo’lsa, zatvor qatlami r-tipli bo’lsa, zatvor
qatlami n-tipli – Yarim o’tkazgichli materialidan qilinadi. Rasmda ko’rsatilgan
tranzistorda asos qatlam n-tipli Yarim o’tkazgichdan iborat. Shuning uchun stoka
istoka nisbatan musbat kuchlanish berilsa asosiy tok tashuvchilar, yaʻni elektronlar
stoka tomon kanal bo’ylab harakat qiladi. Zatvorga kuchlanishi hamma vaqt teskari
ulanishda beriladi. Chunki bunda p - n o’tish yopilishi kerak. Ko’riladigan holda
zatvorga istoka nisbatan, manfiy kuchlanish berilgan. Shuning uchun p - n o’tish
qatlami kengayib kanalni toraytiradi, yaʻni E3 –zatvor kuchlanishning o’zgarishi
hisobiga kanalning kesimi o’zgaradi. Bu esa stok tokining boshqarilishiga olib
keladi.
Maydon tranzistorlarining yana bir turi zatvori himoyalangan
(izolyatsiyalangan) tranzistor deb yuritiladi. Ularda metaldan yasalgan zatvor, asos
qatlam – kanaldan dielektrik modda bilan ajratilgan bo’ladi. Shuning uchun bunday
tranzistorlar MDYA (metal-dielektrik, Yarim o’tkazgich) turdagi maydon
tranzistorlari deb ham ataladi. Ko’pincha dielektrik sifatida oksid materiallar
ishlatiladi. Masalan, kremniy oksidi SiO2 . Bu holda tranzistor MOYA (metal –
oksid – yarim o’tkazgich) turdagi tranzistor deyiladi. MDYA turdagi tranzistor-ning
tuzilishi 9.2-rasmda ko’rsatilgan. Zatvor bilan asos yarim o’tkazgich orasida elektr
maydon hosil qilinganda maydon kuchlanganligi yo’nalishiga qarab asosiy tok
tashuvchilar yo asos yarim o’tkazgichning sirtiga yo hajmiga tortiladi.
Faoydalanilgan adabiyotlar: 1.Simon M. Sze, Ming-Kwei Lee, Semiconduktor Devices Phusics and Technolgy,2012,JOHN WILEY & SONS,INC., AQSH. 2.Sze S.M.,Lee M.K.. Semiconductor Devices. Phusics and Technolgy. 3th. John Wiley & Sons, inc.,USA, 2012. 3.Aripov X.K., Abdullayev A.M., Bustanov X.X. (va boshq.); OzR OOMTV. Toshkent: Ozbekiston faylasuflari nashriyoti,2012-400b. 4.Akbarov, Gofur Akbarovich. Ozgarmas tok elektr yuritmasi uchun ventilli ozgartgich: oquv qoll.:[Elektronika va mikroelektronika, Avtomatlishtirish va boshq. bakalavr. ta'lim yonal. uchun] / G.A.Akbarov, Sh.Sh.Shaislomov; OzR OOMTV, TDTU. Toshkent,2010.-68 Bajardi: Hamidov.J Tekshirdi: Irisboyev.F