Tranzistor (inglizcha: transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.
Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikkala turdagi (p-tipli va n-tipli) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydoniy tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi.
hisobiga kanalning kesimi o’zgaradi. Bu esa stok tokining boshqarilishiga olib
keladi.
Maydon tranzistorlarining yana bir turi zatvori himoyalangan
(izolyatsiyalangan) tranzistor deb yuritiladi. Ularda metaldan yasalgan zatvor, asos
qatlam – kanaldan dielektrik modda bilan ajratilgan bo’ladi. Shuning uchun bunday
tranzistorlar MDYA (metal-dielektrik, Yarim o’tkazgich) turdagi maydon
tranzistorlari deb ham ataladi. Ko’pincha dielektrik sifatida oksid materiallar
ishlatiladi. Masalan, kremniy oksidi SiO2 . Bu holda tranzistor MOYA (metal –
oksid – yarim o’tkazgich) turdagi tranzistor deyiladi. MDYA turdagi tranzistor-ning
tuzilishi 9.2-rasmda ko’rsatilgan. Zatvor bilan asos yarim o’tkazgich orasida elektr
maydon hosil qilinganda maydon kuchlanganligi yo’nalishiga qarab asosiy tok
tashuvchilar yo asos yarim o’tkazgichning sirtiga yo hajmiga tortiladi.
Faoydalanilgan adabiyotlar: 1.Simon M. Sze, Ming-Kwei Lee, Semiconduktor Devices Phusics and Technolgy,2012,JOHN WILEY & SONS,INC., AQSH. 2.Sze S.M.,Lee M.K.. Semiconductor Devices. Phusics and Technolgy. 3th. John Wiley & Sons, inc.,USA, 2012. 3.Aripov X.K., Abdullayev A.M., Bustanov X.X. (va boshq.); OzR OOMTV. Toshkent: Ozbekiston faylasuflari nashriyoti,2012-400b. 4.Akbarov, Gofur Akbarovich. Ozgarmas tok elektr yuritmasi uchun ventilli ozgartgich: oquv qoll.:[Elektronika va mikroelektronika, Avtomatlishtirish va boshq. bakalavr. ta'lim yonal. uchun] / G.A.Akbarov, Sh.Sh.Shaislomov; OzR OOMTV, TDTU. Toshkent,2010.-68 Bajardi: Hamidov.J Tekshirdi: Irisboyev.F