1% 20% 60% Mediasavodxonlik- bu ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan belgilarni kodlash va dekodlash qobiliyati hamda vositachi xabarlarni sintez qilish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni oʻrganish.
Media taʻlim - bu ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan ,,amaliy” tajriba va media ishlab chiqarishni oʻrganish.
Mazkur atama zamonaviy qoʻllanishida bir necha maʻnoga ega
Birinchidan, “media” soʻzi “OAV”ni; radio, kitob, televidenye, gazeta, internetni anglatadi.
Ikkinchidan,undan mediakontentni – yangiliklar, reklama, eʻlonlarni, elektron oʻyinlar va filmlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Uchinchidan, u mediakontentni ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlar, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va hakozalarni ham bildirishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari deganda xabarlarni uzatish uchun foydalaniladigan barcha elektron yoki raqamli vositalar hamda bosma yoki badiiy tasvirlar tushuniladi.
Savodxonlik- bu belgilarni kodlash, dekodlash, xabarlarni sintez qilish va tahlil qilish qobiliyati.
Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan:
• muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari, tanqidiy tafakkuri, media-matnini to‘liq qabul qilish;
• tahlil qilish hamda baholashdan iborat.
Media-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi
Fresno Tinch okeani universiteti maʻlumotiga koʻra, “Mediasavodxonlik talabalarga ommaviy axborot vositalarining dono isteʻmolchilari, shuningdek oʻz ommaviy axborot vositalarining maʻsuliyatli ishlab chiqaruvchilari boʻlishiga yordam beradi. Xuddi shu yoʻnalishda mediasavodxonlikni oʻrgatish oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Bunday fikrlash turi oxir oqibat insonning ikkinchi tabiatiga aylanishi mumkin, bu ularga ulgʻaygan sari koʻp sohalarda yordam beradi”.
Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni ya’ni:
• televideniye;
• radio;
• video;
• kinomotograf;
• pressa;
• matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi.
Media-ta’lim usullari asosan kiyingi muhim bosqichlarga bo‘linadi.
Media-nazariyasi, uning tarixi, strukturasi hamda tili haqida bilim olish (o‘qitish media-texnologiyasi);
Mediamatnlarni qabul qilishni rivojlantirish «o‘qish, anglash, tasavvurni faollashtirish, xotirani rivojlantirish, fikrni turli usullarini rivojlantirish» (kritik, ijodiy, intuitv hamda obraz yaratish).
Media-ta’lim faoliyatini olib borish uchun ma’lum bir profissional bilim ko‘nikma va ko‘rsatgichlariga ega bo‘lish lozim:
• maxsus yo‘naltirilgan mediata’lim sohasida nazariy bilimlar hamda eng so‘nggi axborotlarga ega bo‘lish darajasi; motivatsiyalashgan ko‘rsatgich.
Masalan, ta’lim jarayoniga:
• aqliy;
• visual;
• sensor;
• audio bo‘lgan faoliyat;
• tezkor media-ta’lim sohasida metodik ko‘nikmalarini darajasi, masalan, media-manbalarni va ulardagi axborotlarni ijodiy yondashish orqali qabul qilish.
Medialoglar media va mediatexnologiyalarni o‘rganib chiqib, ularni shartli ravishda 5 turga bo‘lganlar:
Dastlabki media — yozuv;
Bosma media — bosma nashrlar, litografiya, fotografiya;
Elektrik media — telegraf, telefon, ovozli yozuv;
Mass-media — kinematograf, televideniye;
Raqamli media — kompyuter, Internet.
««Lekin media yaxshilik bilan bir qatorda, yovuzlikka ham xizmat qilishga qodir. Bugun «o‘rgimchak odam»ga havas qilib, o‘zini pastga otgan bolalar, reklamalarda berilayotgan barcha axborotlarga ishonuvchi shaxslar, yot g‘oyalarga ergashib ketayotgan kimsalar ham bor», — deydi jurnalist o‘z fikrining davomida.
RAHMAT