Mavzu: Mediapedagogika fanida alohida yo‘nalish Mediapedagogika reja 01 02 03



Yüklə 1 Mb.
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#119899
  1   2
1-mavzu.


O’QITUVCHI: VALIYEVA NARGIZA
MAVZU: Mediapedagogika - pedagogika fanida alohida yo‘nalish
Mediapedagogika
REJA
01
02
03
Media ta’limi - ta’lim sohasida o‘ziga xos yo‘nalish sifatida.
Media ta’limning mohiyati va unga qo‘yilgan talablar
Mediapedagogiya zamonaviy pedagogik jarayon
Mediasavodxonlikning eng oddiy taʻrifi: turli shakldagi ommaviy axborot
vositalaridan foydalangan holda kirish, tahlil qilish, baholash, yaratish va harakat qilish qobiliyatidir. Oddiy qilib aytganda mediasavodxonli anʻanaviy savodxonlik poydevoriga asoslanadi va oʻqish hamda yozishning yangi shakllarini taklif qiladi. Mediasavodxonlik odamlarga tanqidiy fikrlovchi va ijodkor, samarali muloqotchi va faol fuqarolar boʻlish imkonini beradi.
Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida oʻtilsa, Finlyandiyada 1970-yildan oʻrta maktablarning, 1977-yildan esa oliy oʻquv yurtlarning oʻquv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik, mediataʻlim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab taʻlim muassasalarida alohida fan sifatida oʻqitila
boshlangan.
1990-yillarada Rossiyada media taʻlimni ilmiy tadqiq etishga urinishlar boʻlib O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikov va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol boʻla oladi. 2002 yili pedagogika oliy taʻlim yurtlari uchun mediataʻlim ixtisosligi boʻyicha yoʻnalish ochildi. 2005-yili esa YUNESKO homiyligida “Mediataʻlim” darsligi yaratildi va Rossiyada kino taʻlim va media pedagogika sayti ishga tushirildi. OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ taʻsiri kuchliligini bugun hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, OAV orqali tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk gazetalar paydo boʻlishi bilan yuzaga kelganligini koʻrish mumkin.
Media atamasi lotincha “medium” yaʻni ,,vositaʻʻ, ,,vositachiʻʻ, ,,usul” turli koʻrinishdagi kommunikatsiya va axborot vositalari tushunchasini anglatadi. Yanada aniqrogʻi ,,ommaviy axborot vositalari” degan maʻnoni anglatadi.
«Media» — lotincha «media» so‘zidan olingan bo‘lib, «vosita», «vositachi» yanada aniqrog‘i, «ommaviy axborot vositalari» degan ma’noni anglatadi. Media uzluksiz ta’lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, darsning sifatli o‘tilishi va o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, modem, foto, video, kompyuter texnologiyalari, Internet bilan do‘stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini yaratadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin