Bozor segmentatsiyasi bo’yicha mehnat bozori quyidagi 5 ta bo’laklarga bo’linadi:
Bozor segmentatsiyasi bo’yicha mehnat bozori quyidagi 5 ta bo’laklarga bo’linadi:
-eng yuqori malakaga ega bo’lgan mutaxassislar bozori;
-malakali kadrlar bozori;
-ishchi kasbi mehnat bozori;
-past malakali xodimlar va xizmat sohasi mehnat bozori ;
-qolgan mehnat bozori.
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi:
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi:
-ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarini maksimal qondirilishiga qarab yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega;
-ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida ma’lumotlarga ega va o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobilyatiga ega;
-mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi.Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi;
-mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi.Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi;
-ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi va ish vaqtining uzunligiga bog’liq emas;
-mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi.
Mehnat resurslari tushunchasi va uning sonini aniqlash.
Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan shaxslar.
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi – ishlamayotgan birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan hamda va yoshiga ko’ra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar.