2010-“Asosiy ishlab chiqarish”; 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish”; 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari”;
9410-“Sotish xarajatlari” va boshq.
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”
Ish haqidan ushlanmalar(daromad solig‘i, alimentlar va boshqalar) aks ettirildi
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”
6410-“Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”; 6990- “Boshqa majburiyatlar” va boshq.
Ish haqini berish
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”
5010-—Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
O‘z vaqtida olinmagan ish haqini deponentlashtirish
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”
6720-“Deponentlangan ish haqi”
Ishvaqtidantashqariishningmuddatiharbirxodimuchunsurunkasigaikkikundavomidato‘rtsoatdan(mehnatsharoitiog‘irvazararliishlardabirkundaikkisoatdan) vayiligabiryuzyigirmasoatdanortiqbo‘lmasligilozim (O‘zRMehnatkodeksining 125-moddasi). Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqtdeb hisoblanadi (O‘zR Mehnat kodeksining 122-moddasi). Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish(smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Tungi vaqtdagi ishning har bir soatiuchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi, ya’ni tungi vaqtdagi ish uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori soat stavkasining 50%dan kam bo‘lishi mumkin emas.
Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi. Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi. Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi.
Mehnat kodeksining 135-moddasiga muvofiq quyidagilarga uzaytirilgan asosiy ta’tilberilishi shart:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga - 30 kalendar kun;
ishlayotgan 1 va II guruh nogironlariga - 30 kalendar kun.
Ta’tillarga haq to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi hisob-kitobi belgilangan tarifikatsiya yoki hisob-kitob kunidagi lavozim maoshidan kelib chiqib hisob-kitob davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan ortiq summaning bir qismini bir yil ishlaganlar uchun 1/12ga (to‘liq olti oy ishlaganlar uchun 1/6ga, to‘liq etti oy ishlaganlar uchun 1/7ga va h. k.) oshirib amalga oshiriladi. Tarif bo‘yicha haqdan ortiq summalarga ishbay ishlab topilgan pul, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblab yoziladigan boshqa to‘lovlar kiradi.
Ta’tillarga haq to‘lash uchun summalarni hisoblayotganda yoki olti kunlik ish haftasi hisobida foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lashda o‘rtacha oylik muddat 25,4 kun miqdorida qabul qilinadi.