Mavzu: Mеhnаt hаqini hisоblаsh vа to’lаshni hujjаtlаshtirish



Yüklə 106,91 Kb.
səhifə1/6
tarix05.06.2023
ölçüsü106,91 Kb.
#125072
  1   2   3   4   5   6
Ismatova Mеhnаt hаqini hisоblаsh

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Mavzu: Mеhnаt hаqini hisоblаsh vа to’lаshni hujjаtlаshtirish


Reja:
Kirish

  1. Mehnat haqini hisobga olishning asosiy vazifalari va unga oid munosabatlarni tartib solish

  2. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va hisoblashni hujjatlashtirish

  3. Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash va jismoniy shaxslarning ish haqidan ushlanmalari hisobi

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar

Kirish
Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
Хo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko’plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to’lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag’batlantirishni korxonalar mustaqil o’zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o’z ichiga oladi.
Bozor munosabatlariga o’tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo’yicha dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi.
Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda, uning qo’shgan hissasi bilan aniqlanadi, soliq bilan tartibga solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to’lashni yuridik asosini mehnat to’g’risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda ish haqi miqdorini oshirish, aholi turmush darajasini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagicha to‘xtalib o‘tgan edi: “...Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz.
Bu raqamlarni aytish oson. Ularning har biri ortida mashaqqatli mehnat turibdi. Chunki inson qadri, insonni e’zozlash – e’tiborimizdagi eng asosiy masala.
Shu maqsadda oxirgi olti yilda mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p uy-joylar qurdik.
Bu davrda qo‘shimcha 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi. Hozirgi vaqtda yana 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rni yaratish bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda.”1.

Yüklə 106,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin